Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.
BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog‘dagi qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga “suhbatga” chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va ularning maqomi, huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yildi. Daraxt kesish, qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq aniqlangan holatlar uchun ekologiya nazoratchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
“Milliy tiklanish” partiyasi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Toshkentda 500 gektar joy renovatsiyaga tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirdi. Partiya dastur mulkdorlar roziligiga asoslanishi, jamoatchilik muhokamalaridan o‘tishi va renovatsiya to‘g‘risida qonun bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi va “Zamin” fondining qo‘shma loyihasi asosida havo sifatini monitoring qiluvchi 8 ta stansiya olib kelindi. Ular Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga o‘rnatiladi.
Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi.
Prezident imzolagan qonun bilan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi. Shuningdek, kreditni undirish bo‘yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to‘xtatiladi.
Chaykovskiy nomidagi musiqa maktabi Yangiobodning diqqatga sazovor joylaridan. O‘tgan asrning 50−90 yillarida bino o‘zining asosiy vazifasini bajargan. 2000-yillardan boshlab u qarovsiz qolib, qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelmoqda. “Gazeta.uz” maktabning taqdiri va uni saqlab qolishga urinishlar haqida hikoya qiladi.
27-fevral kuni O‘zbekistonda elektr energiyasini yetkazib berishdagi cheklovlar 700 MVtgacha oshirildi. Bundan avvali kunlari cheklovlar 600 MVtdan oshmagandi. Metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish kamaygan, benzin yetkazib berish esa ko‘paygan.
Fransiyaning Beze shahrida maktab formasini kiyish bo‘yicha hukumat tajribasi boshlandi. Rasmiylar bu tengsizlikni kamaytirishga yordam beradimi yoki yo‘q, shuni tekshirmoqchi. 1968-yildan beri fransuz maktablarida forma kiyish majburiy emas.
Hindistonda o‘tgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta medal: 4 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritdi.
Jizzax viloyati Transport boshqarmasining bosh mutaxassisi 6,6 ming dollar, Chinoz tumani hokimligi xodimi 6 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. “Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yilni “Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” deb e’lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.
Toshkentda 500 gektardan ortiq maydondagi uy-joylar renovatsiya dasturiga kiritilgan, deya ma’lum qildi poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap “talabga javob bermaydigan, ko‘p yillar oldin qurilgan ikki qavatli binolar va vaqtincha qurilib ketgan uylar” haqida ketmoqda.