Shavkat Mirziyeyov Andijonda o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ma’lum qildi. Xususan, zargarlik maxsus zonasi, mebelsozlik kompleksi, yangi iqtisodiy zona tashkil etish hamda til o‘rgatuvchi xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalashni boshlash va boshqalar reja qilinmoqda.
Magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda. Benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi, deya ishontirdi Energetika vazirligi.
Energetika vazirligi Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilayotganidan ogohlantirdi. Buning oqibatida 50 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qolmoqda.
Poytaxt hokimligi aholini qor yog‘ishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshishi mumkin. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish so‘raldi. Qayd etish kerakki, O‘zgidromet bunday ogohlantirish bermagandi.
Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tashkent Index cavdo majmuasi avtoturargohidagi soyabon qor yoqqani ortidan bir necha avtomobil ustiga qulab tushdi. Bozor ma’muriyati soyabon ostida 35 ta mashina bo‘lgani, ularning 6 tasiga shikast yetganini bildirdi. Moddiy zarar esa qoplab beriladigan bo‘ldi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.