Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollari muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani ilk marta arab tiliga o‘girilib, Misrda “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi ostida taqdim etildi. Uni arab tilida o‘qishni istaganlar Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki Misrdagi elchixonaga murojaat qilishi mumkin.
Yangi Namangan tumanidagi “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligiga 6,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. Fuqaro hududda uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlarni buzgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turida Vetnamni mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Jamoa chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi (video, foto).
AQSh Xitoyning bir qator banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqmoqda. Vashington bu Xitoyni Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga majbur qilishiga umid qilmoqda, deb yozadi Wall Street Journal.
So‘nggi yillarda maydoni 5 gektarga qisqargan Abdulla Qodiriy parki BPM Smart Decision’ga kamida 10 mln dollar investitsiya kiritish va rekonstruksiya qilish majburiyati bilan 49 yilga berilyapti. Investor parkni “qisman attraksionli, ammo asosan yashil hududdan iborat” qiladigan loyiha haqida ma’lumot berdi.
Devid Kemeronning O‘zbekistonga tashrifi, madaniy meros mulkiga aylangan modernistik binolar, qoidabuzarliklarni aniqlashda drondan foydalanadigan IIV, Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan Qozog‘iston rahbari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentdagi Do‘stlik parki 49 yilga investorga ijaraga berilgan. U 2018-yili 4 yillik ta’mirga yopilgandi. Loyihachilar sokin hordiq joyini va’da qilgandi, ammo endi shaharda bu park ta’minoti uchun pul yo‘q bo‘lib chiqdi. Xarajatlarni attraksionlar o‘rnatish hisobiga qoplash reja qilingan. Aholi bunga qarshi.
Boysunda tik balandlik paytida to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan Damas yo‘l chetidagi molxonaga urildi. Oqibatda mashina salonidagi 3 nafar yosh bola va 3 nafar ayol halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani 8 nafar yo‘lovchi bilan boshqargan, deyiladi tuman YHXB xabarida.
Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda.