Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.
Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi.
“O‘zaviatsiya” Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi. 15-mart kuni aviatashuvchi Turkiston va Samarqand o‘rtasida qatnovlarni boshladi.