O‘zbekistonda fevral oyida so‘nggi sakkiz yildagi eng past — 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzolashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi.
O‘zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi. Loyiha doirasida Delaver universiteti bilan birgalikda TDTU magistratura bosqichida yashil vodorod bo‘yicha yangi o‘quv dasturi joriy etiladi.
Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi.