O‘zbekistonda ilk bor McDonald’s fastfud restoranlari tarmog‘i ochilishi mumkin. “Reach Impex” kompaniyasi “McDonald's” tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi.
Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ilgari faqat qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoiy jazolar ham yengillashtirilmoqda. O‘zgarishlar sayyohlarni jalb qilishga ham qaratilgan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, endi sudlar o‘rniga yong‘in xavfsizligi inspektorlari tadbirkorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.