Mamlakatimizda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni qisqa muddatlarda hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda uch yuzdan ortiq sportchi 14 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Prezidentimizning 2017-yil 1-iyundagi «Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 1,5 ming gektardan ziyod maydonda intensiv usulda yong‘oqzor barpo etilmoqda.
Respublika Gidrometreologiya markazining xabar berishicha, 15-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, investorlar, eksport bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida 13-19-noyabr kunlari mamlakatimizda ilk marotaba “Global tadbirkorlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.