O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda.
“Poytaxt” biznes markazida 14-noyabr kuni “Davlat moliyasini boshqarishning dolzarb muammolari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bir qatorda Kambodja, Eron, Afg‘oniston kabi 10 dan ortiq davlatdan 50 nafardan ziyod payvandchi ustalar qatnashdi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan "Diniy bag‘rikenglik: kecha, bugun, ertaga" mavzuida intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kengashda bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbirda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mamlakatimizda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan inshootlardan samarali foydalanish, ular negizida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kichik biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlardan aholi mamnun.
Oilada farzand tug‘ilishi quvonchli voqea bo‘lishi bilan birga ota-ona zimmasiga ulkan mas’uliyat ham yuklaydi. Bosh qomusimizda e’tirof etilganidek, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Navoiy shahridagi «Fikret komfort» xususiy korxonasi idora va xonadonlar uchun zamonaviy mebellar ishlab chiqaradi.
Namangan viloyati Uychi tumani Jiydakapa qishlog‘idagi «Vodiy ipak gilami» mas’uliyati cheklangan jamiyati izchil rivojlanayotgan tadbirkorlik subyektlaridan.
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 7-maktabgacha ta’lim muassasasi 100 dan ziyod o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida o‘tgan tadbirda harbiy xizmatchilar, iqtidorli yoshlar, "Temurbeklar maktabi" o‘quvchilari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Namanganda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining korxona, tashkilot va muassasalardagi a’zolari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Yoshlar” oltin to‘pi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston-Eron” do‘stlik jamiyati hamkorligida ana shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Poytaxtimizda “O‘zbekiston” teleradiokanali" davlat unitar korxonasi tomonidan jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari asosida tayyorlangan audiokitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Unda taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar, jurnalistlar, kitobxonlar ishtirok etdi.
“Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi tomonidan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan mazkur haftalikning ochilishiga yengil sanoat korxonalarining vakillari, libos dizaynerlari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, chevarlar taklif etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Lukoil” kompaniyasi (Rossiya), I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali hamkorligida tashkil etildi.
Poytaxtimizda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi hamkorligida «Konstitutsiya va milliy ma’naviyat» mavzuida tadbir o‘tkazildi.
Jizzax viloyatida joriy yilda 80 nafar profilaktika inspektori turar-joy va xizmat avtomashinasi bilan ta’minlandi. Ular orasida Jizzax shahridagi “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori, leytenant Abror Boshbekov ham bor.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi.
Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan har yili noyabr oyida butun dunyoda diabet oyligi o‘tkaziladi. Yurtimizda ham ushbu tadbir uyushqoqlik bilan o‘tkazib kelinmoqda.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan xayriya tadbiri shunday nomlandi.
Andijon mashinasozlik institutida o‘quvchi-yoshlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning joriy yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, xotin-qizlar o‘rtasida yakka tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tijorat banklari bilan doimiy hamkorlik qilyapmiz. 2017-yilning 10 oyi davomida 330 nafardan ziyod opa-singillarimiz imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi.