Mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad al-Homidiy boshchiligidagi delegatsiya qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
“O‘zekspomarkaz”da “Made in Uzbekistan” deb nomlangan mamlakatimiz iqtisodiy soha yutuqlari ko‘rgazma-yarmarkasi ish boshladi.
2017-yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining joriy yil 9 oyidagi ijrosini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan I Toshkent xalqaro amaliy san’at festivali doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada an’naviy va zamonaviy usuldagi ijod namunalari namoyish etildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) birinchi vitse-prezidenti Filip Bennett boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan hududdagi bozor va savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni mutasaddi rahbarlar ishtirokida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Farg‘onada kichik sanoat zonalari va faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish obyektlari negizida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish masalasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Otasi Chori Xayrilov ichki ishlar xodimi bo‘lgani bois, Alisher ham bu kasbga bolaligidan mehr qo‘ydi. Keyinchalik texnikumda huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha sirtdan o‘qib yurgan yillarida bu ahdi yanada qat’iylashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etish: yutuqlar, muammolar va ularning yechimi» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda «Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni» mavzuida ilmiy anjuman o‘tkazildi. Unda taniqli olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, chet ellik mehmonlar, shoir-yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Tikuvchi Dilnoza” xususiy korxonasi ish boshladi. Bu yerda 10 ga yaqin turdagi tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish, yangi tashabbus va loyihalarni ishlab chiqarishga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalqimizning sodiq farzandi, atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Markaziy Farg‘ona suv omborida "Dolina Liana" korxonasi 40 dona sadokda 100 tonna baliq yetishtirib, 132,2 million so‘m foyda oldi. Korxona joriy yilda sadoklar sonini 90 taga yetkazib, 270 tonna baliq yetishtirishni rejalashtirmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yosh avlodning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini tubdan yaxshilashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan «Ayol – jamiyat, mafkura va ilm-fan» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Tikuvchi Dilnoza” xususiy korxonasi ish boshladi. Bu yerda 10 ga yaqin turdagi tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Namangan shahrining Orzu massivida tashkil qilingan “Orzu” kichik sanoat zonasi ham tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan ana shu e’tiborning amaldagi ifodasidir.
Samarqand shahrida 2017-yil 10-11-noyabr kunlari BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Sharof Rashidov qalamiga mansub “Kashmir qo‘shig‘i” qissasi tabiatning jonlanishi, hayotning kurashdan iborat tabiiy harakati mahorat bilan tasvirlangan asarlardan biridir.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijonda atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.