O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida ochilgan musavvir Davron Toshevning ko‘rgazmasi shunday nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Namanganda "Inson huquqlari sohasida ta’lim olish huquqi: xalqaro standartlar va milliy amaliyot" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Keyingi bosqichda MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov tizimini ulash ko‘zda tutilgan.
Musobaqada mezbon jamoa sportchilari 14 medal jamg‘argan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 13-18-noyabr kunlari Toshkent, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida Global tadbirkorlik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari joriy yil 15-iyun kuni poytaxtimizda “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda so‘zlagan ma’ruzasida bu masalaga ustuvor ahamiyat qaratdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish, aholi salomatligini mustahkamlash, har tomonlama sog‘lom avlodni ulg‘aytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida mahalliy byudjet mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Atrofida shogirdlarini jamlab, jonkuyar ustoz bo‘lib, o‘z kasbining sir-asrorini mehr va kuyunchaklik bilan shogirdlariga o‘rgatayotgan ayolni ko‘rganimizda haqiqiy ishbilarmon o‘zbek ayolining qiyofasi namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston ekologik harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamkorligida «Atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yil 14-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, «O‘zbekistonda xorijiy tillar» elektron jurnali va fledu.uz internet portali tashabbusi bilan Toshkent shahar ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda sudlar faoliyatidagi yangicha yondashuvlar haqida to‘xtalib o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. O‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyati hamda Oliy sud muzeyi bilan yaqindan tanishdi.
Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida milliy armiyamizning jangovar qudratini yanada yuksaltirish, harbiylarning professional malakasini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Navoiyda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan viloyat sog‘liqni saqlash tizimida mehnat qilayotgan 11 nafar malakali mutaxassis va rahbar kadrlarga zamonaviy uy-joylar topshirildi.
Qashqadaryo viloyatida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va sohaga intensiv texnologiyalarni keng tatbiq etish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida o‘tgan yili aholi jon boshiga iste’mol qilinadigan baliq mahsuloti 1,8 kilogrammdan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2,2 kilogrammni tashkil etmoqda.
Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 7 kumush va 13 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 6-8, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Pasport-viza tadbiri doirasida 39 nafar doimiy yoki vaqtincha yashash tartibini buzgan va boshqa qoidabuzarliklar sodir etgan 138 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar rejasi asosida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, mehmonxonalar tarmog‘i kengayib borayotganida ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Karmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburg gubernatori kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan yarim marafon va sportcha yurish bo‘yicha mamlakat chempionatida ikki yuzdan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.