Samarqanddan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovining yo‘lga qo‘yilgani ushbu kelishuvlarning amaliy natijasi sifatida ikki mamlakat fuqarolariga qulayliklar yaratish, davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
2017-yil 2-3-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona shahridagi «Dentimo Medical» stomatologiya klinikasi og‘iz bo‘shlig‘i, tish va milk kasalliklarining oldini olish va davolash borasida samarali xizmat ko‘rsatmoqda.
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabida 242 nafar iste’dod sohibi tarbiyalanmoqda.
Toshkentda 30-oktabr kuni “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtokarvon yo‘lga chiqdi.
Tadbirda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti iqtidorli qizlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, ular ma’naviyati va e’tiqodini mustahkamlash yo‘lida g‘ov bo‘layotgan salbiy illatlarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyati Zomin sanatoriysida “Sharof Rashidov – atoqli davlat arbobi va taniqli yozuvchi” mavzuida madaniy-ma’rifiy anjuman o‘tkazildi.
Toshkentda “Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Muammolar va ularni yechish yo‘llari” mavzuida an’anaviy yillik seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan "Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va saviyasini yuksaltirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, soha xodimlarining kasbiy bilim va malakasini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya shunday nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 31 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Toshkent viloyatida suv inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish orqali aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.
Buxoroda badiiy gimnastika bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Yoshlar g‘unchalari” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Agrofos-D, entolikur, dalate, entolucho. Yana davom ettirish mumkin bo‘lgan bu ro‘yxatda o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qiluvchi zamonaviy kimyoviy vositalarning nomlari keltirilgan.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘rkazilayotgan tadbirda poytaxtimiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi axborot-kutubxona muassasalaridan kelgan mutaxassislar, kitobxonlar qatnashmoqda.
Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida birinchi marta – bolalarda yuqori texnologik laparoskopik jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi.
Mamlakatimizda 2009-yildan buyon namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizda «Tozalik yo‘lida birlashaylik» loyihasi doirasida hashar tashkil etildi.
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ixtisoslashgan «Axborot tizimlari» filialida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ularning maqsad va ahamiyatiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Festivalning ochilishida mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bu jarayonga yoshlarni keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samara berayotgani ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida asalarichilikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Sirdaryo viloyatlaridan mutaxassislar qatnashdi.