O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-oktabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni "Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida" xalqaro konferensiyasining Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda boshchiligidagi ishtirokchilari delegatsiyasini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Qirg‘iziston tashabbusiga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Yoshlar qanoti” tomonidan “Bizning vazifamiz yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Opa-singil Tatyana Li va Mariya Li-Sofi tasviriy san’at olamining siru sinoatiga bolalik chog‘laridan oshno bo‘lgan edi.
UZ milliy domen zonasi ma’muriyati “Uzinfocom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yuqori darajali milliy domenlar assotsiatsiyasi (APLTD) a’zosiga aylandi. Tegishli qaror assotsiatsiya a’zolarining 72-anjumanida qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida korrupsiya va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
“Toshkent ko‘chasi”, “Tungi yo‘l”, “Tog‘da”, “Eski uy”, “Chilonzor. Hovli” kabi qirqdan ortiq asarini muxlislar e’tiboriga havola etgan grafik rassom Yevgeniy Panovning navbatdagi ko‘rgazmasi Toshkent mavzuiga bag‘ishlandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan 21-oktabr – O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan «Til – millat taraqqiyoti va kelajagining poydevori» mavzuida tadbir tashkil etildi.
Mamlakatimizda joriy yilda 1 million gektardan ortiq yerga takroriy ekinlar ekildi. Natijada 2,5 trillion so‘m daromad kutilmoqda.
Toshkentdagi Turin politexnika universitetining ilg‘or tadqiqotlar laboratoriyasi xodimlari Toshkent arxitektura-qurilish institutining binolar seysmobardoshliligi kafedrasidagi hamkasblari bilan hamkorlikda yurtimiz madaniy yodgorliklarini asrab-avaylashga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Poytaxtimizda 19-oktabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmonlari biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha namunaviy maktab loyihasini amalga oshirmoqda.
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini keng nishonlashga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Koson tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi tasarrufidagi yopiq suzish havzasi doim yoshlar bilan gavjum.
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi “TOYTEPA METALL QURILMALARI” aksiyadorlik jamiyatida temir yo‘l va magistral ko‘priklar, ustunlar, zinalar, estakadalar, telekommunikatsiya minoralari, yirik inshootlar qurilishi uchun zarur bo‘ladigan metall qurilmalar ishlab chiqarilmoqda.
Buxoroda “Yoqilg‘i-moylash materiallari kimyosi va texnologiyasi sohasida innovatsion ishlanmalar” mavzuida II xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlashga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.
Mamlakatimizda baliqchilik sanoatini rivojlantirish, xususan, tabiiy suv havzalari va sun’iy ko‘llardan oqilona foydalanish, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Тил шунча шарафи билан нутқнинг қуролидир, агар нутқ номаъқул чиқса, тилнинг офатидир» Алишер Навоий.
Til o‘zaro muomala, aloqa vositasi, tafakkur quroli. Dunyo xalqlari uchun o‘z ona tili bebaho qadriyat, millat g‘ururi. Til millatning ongi va xotirasi, ruhiyati, ma’naviy-madaniy qiyofasi, milliy qadriyatlari, o‘tmishi, tashqi olamga munosabatining in’ikosi hamdir.
Farg‘ona davlat universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 28 yilligiga bag‘ishlab “Til – muqaddas timsollardan biri” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda shoir-yozuvchilar, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashdi.
Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 12-oktabridan 19-oktabriga qadar hududda sodir etilgan 126 jinoyatning 110 tasi tezkor fosh etilgan. Hafta davomida qidiruvda bo‘lgan 23 nafar shaxs ushlangan.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga muvofiq qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish mamlakatimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.