O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-oktabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 18-oktabr kuni “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Muhtaram xalqaro konferensiya qatnashchilari! Hurmatli mehmonlar!
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 9-umumta’lim maktabida 540 o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari tomonidan Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjuman ushbu ikki masalaga bag‘ishlandi.
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Arabmozor” mahalla fuqarolar yig‘inining aksariyat aholisi tomorqadan muhim daromad manbai sifatida foydalanadi.
«O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibidagi «Master delikatesov»mas’uliyati cheklangan jamiyati go‘shtni qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Кeyingi paytlarda to‘y bilan bog‘liq an’analarimiz qatoriga ayrim be’mani urf va rasm-rusumlar qo‘shildiki, ularning milliy qadriyatlarimizga hech qanday aloqasi yo‘q.
Andijonda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent Fotosuratlar uyi tashabbusi bilan jurnalist va fotorassom Nazira Boymurodovaning “Vodiylarni yayov kezganda...” hamda iste’dodli fotojurnalist Sultonboy Dehqonovning “Ulug‘imsan, Vatan!” deb nomlangan shaxsiy fotoko‘rgazmalari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Unga a’zo bo‘lishimiz, eng avvalo, sohada yuz berayotgan so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishimizni ta’minlaydi. Shuningdek, yurtimizda ipakni qayta ishlash va uning eksportini kengaytirishda qo‘l keladi.
Zamonaviy sport majmuasida kurash, boks, dzyudo, futbol, yengil atletika kabi sportning 22 turi bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona postida televizor mahsulotlarini hujjatlarda bolalar tagliklari sifatida ko‘rsatish yo‘li bilan mamlakatimizga olib kirishga uringan fuqaro fosh etildi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Samarqandda germaniyalik folklorshunos olima Gabriele Keller hamda professorlar Xurram Rahimov va Mamatqul Jo‘rayev hammuallifligida yaratilgan ikki jildli “Sehrli o‘zbek ertaklarining tipologik katalogi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda majmuada olma, nok, xurmo, uzum, olxo‘ri singari mevalarni saqlashga qo‘yish boshlandi. Zaxiraga qo‘yilgan bunday mahsulotlarning hajmi 1000 tonnadan oshdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Toshkent moliya institutida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 28 yilligiga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda yozuvchi va shoirlar, tilshunos olimlar, san’at va madaniyat namoyandalari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Xalqimiz uchun zarur qulayliklar yaratish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsad yo‘lida sohalarni isloh qilishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilinayotir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo respublika komissiyasi bilan hamkorlikda “Ta’lim olish huquqini kafolatlash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzuida tashkil etilgan davra suhbatida ta’lim olishning huquqiy kafolatlariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan aholi xonadonlari, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarni kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish, tibbiy xizmat sifatini yanada yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Qirg‘iz xalqining atoqli adibi Chingiz Aytmatov millionlab kitobxonlar qalbidan munosib joy olgan. Uning badiiy publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalari, roman va qissalarining g‘oyaviy badiiy mohiyati, dunyoda tinchlik, insoniy mehr-muhabbatni saqlash, ona zaminni asrashga da’vat etadi.