O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi xorijiy ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘ldi. Jurnalistlar va ekspertlarning fikricha, mazkur davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega va O‘zbekiston tashqi siyosatidagi prinsipial o‘zgarishlardan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-oktabr kuni xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xususiylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini samarali qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Rogozinni qabul qildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan “Yosh partiya yetakchilari – kelajak kadrlari” mavzusida yoshlar forumi o‘tkazildi.
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazida yangi rezidentlarni qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida dehqon va fermerlar faoliyatini yanada takomillashtirish, meva-sabzavot mahsulotlari sifatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, samarali olib borilishiga imkon beruvchi qishloq xo‘jaligi meteostansiyasini o‘rnatishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari D.Rogozin boshchiligidagi delegatsiya “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Andijonda “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda.
Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida "Hech kim mehr va e’tibordan chetda emas" shiori ostida sportning mini-futbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Navoiyda “Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish: yutuqlar, muammolar, istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “O‘zbek milliy kinosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzuida kinoijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Prezidentimizning 2017-yil 19-iyundagi "Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida seminar-trening tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Mamlakatimiz sug‘urta bozorida 27 kompaniya faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, uning 23 tasi umumiy sug‘urtalash, 4 tasi hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Respublikasining Tangerang shahridagi mushakbozlik mahsulotlari ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash va yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvatlash, bo‘sh turgan bino va inshootlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga bahslarining 26-turida “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan «Parlament – yoshlar manfaatlari himoyachisi va demokratiya maktabi» mavzuida anjuman tashkil etildi.
Ayni paytda Jizzax shahrida barpo etilgan Sharof Rashidov xotira xiyobonida, memorial uy-muzeyida so‘nggi pardozlash ishlari bajarilmoqda
Mamlakatimiz sud espertiza tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda muntazam g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olayotgan sportchi qizlarimiz safi tobora kengayib bormoqda.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28-oktabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 10-12, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Xazonlar – taqvimdan uchgan varaqlar, Har bargga bitilgan kuz falsafasi.
Mamlakatimizda navqiron avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli yurtimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sport turlari, jumladan, tennis ham tobora ommalashmoqda.