Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi.
Chilonzor tumanida daraxt qulashi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlagan ishchilar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz” savoliga javoban “O‘ztransgaz” (magistral gaz quvurlari operatori) ishonchli boshqaruvga berilishi mumkinligi haqida eshitmaganini ma’lum qildi. O‘tgan oy “O‘zbekneftgaz” “O‘ztransgaz” va uning qarzi bilan bog‘liq qator operatsiyalarni amalga oshirgandi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.
Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.