O‘zbekistonda 1-iyuldan to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali olinadigan soliq keshbeklarini to‘lash bekor qilinishi mumkin. Naqd pulsiz to‘lovlar uchun keshbek miqdori esa hozirgi 1 foizdan 2 foizgacha oshirilishi mumkin.
Toshkentda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mebel sexi, shuningdek, Qarshida 1 mlrd so‘mlik gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan korxona aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida may-avgust oylarida 1 mln kishini qamrab olishi kutilayotgan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi. Bunda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, IT va zamonaviy biznes sohalariga yo‘naltirishga oid 60 dan ortiq tadbir o‘tkazish belgilangan.
Londondagi hunarmandchilik haftaligida o‘zbekistonlik kulol Shohrux Rahimov yunon ustasi Yannis Zois bilan yasagan qo‘shma asari — chinni va afrikancha yog‘ochdan yasalgan hamda 22 karatlik oltin bilan qoplangan monumental totemini taqdim etadi.
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Toshkent shahrida, jumladan, 6 ta tumanda may oyi uchun issiq suv ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha yangilangan jadvalni e’lon qildi.
Toshkentdagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Xabarda bunga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab bo‘lgani aytilgan. Hokimlik muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, Xitoydagi yirik shaharlarning salkam yarmi yer cho‘kishi tufayli suv toshqini xavfi ostida qolishi mumkin. Bu nafaqat yerosti suvlari sathining pasayishi, balki hududlardagi binolarning og‘irligi bilan ham bog‘liq.
Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi 4 nafar talabani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri jarohat oldi, biri shifoxonada vafot etdi. “Bolamning berkitib mashina minib kelishidan xabarim yo‘q edi”, — dedi o‘quvchining onasi.
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi finaliga chiqqani va 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. “Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi”, — dedi u.