O‘zbekistonlik bloger Maqsud Salomov Davlat test sinovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng yozgan blogida («Chegara bilmas imtiyoz») harbiy imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlar bunday imtiyozi yo‘qlardan katta ustunlikka ega bo‘lishi, natijada test sinovlarida barcha savollarga javob bera olgan abiturient ham bunday imtiyozli abiturientdan katta farq bilan ortda qolishini ochiq adolatsizlik sifatida baholagan.