1 iyuldan boshlab o‘zbekistonlik xonandalar o‘z kliplarini YouTube videoportaliga joylashtirish uchun "O‘zbekkontsert" davlat muassasasi qoshida tashkil etiladigan badiiy kengashdan ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Aks holda¸ qo‘shiqchi litsenziyasidan mahrum bo‘lishi mumkin.