Ishonaman, 2018-yilda barchamiz birgalikda, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilib, o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.
Yangi – 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jurnalistika ta’lim yo‘nalishi to‘rtinchi kurs talabalari uchun Nukus shahridagi “Nukus polimer”, “Panamilk”, “Samsung-Nukus" korxonalariga hamda Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan respublika oliy sport mahorati maktabiga press-tur tashkillashtirildi.
Bobo, nasib qilsa, o‘shanda men sizga ko‘p sovg‘alar beraman, ularni ota-onasi tashlab ketgan bolalarga berasiz. Hozir esa o‘tinchim, ota-onam sog‘-salomat bo‘lsin
Qarshi shahridagi Muruvvat uyida 270 nafar imkoniyati cheklangan bola zamonaviy sharoitlarda tarbiyalanmoqda.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining raisi Qahramon Quronboyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida kam ta’minlangan oilalarga maishiy texnika jihozlari topshirildi.
Bu yil 11 ming dona Prezident sovg‘asi tayyorlandi. Har bir sovg‘ada 12 nomdagi o‘quv qurollari, 15 xil shirinliklar bor.
Turkiyaning Istanbul shahrida professional boks bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz Mashhurbek Qambarov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
AQShning moliyaviy-iqtisodiy yangiliklar bo‘yicha nufuzli “Bloomberg” agentligi “O‘zbekistonda valyutaning kutilmagan tarzda 50 foiz devalvatsiya qilinishi tijoriy shartnoma tuzuvchilarning e’tiborini tortadi” deb nomlangan maqola e’lon qilib, unda Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan keyin O‘zbekistonning investorlar nazariga tushishini ta’minlaganini, valyuta siyosatini erkinlashtirganini yozadi.