O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yoshlar press-klubida joriy yil 16-17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yosh dizaynerlar televizion tanlovi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida O‘zbekiston futbol federatsiyasining 2017-yildagi faoliyati yakunlari va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Joriy yilning 9 oyida xorij davlatlaridan 1 ming 600 fuqaro O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-sentabr oylari bo‘yicha mamlakatimizda o‘rtacha ish haqi miqdori 1 million 346 so‘mni tashkil qilgan.
Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Para-Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi 20 oltin, 6 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Namangan shahridagi «Chorsu dehqon universal bozori» aksiyadorlik jamiyatida Yangi yil bayrami oldidan tashkil etilgan savdo yarmarkasida go‘sht, sut, meva-sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.
Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent planetariysida shahar hokimligi va madaniyat boshqarmasi hamkorligida xayriya tadbiri tashkil etildi. Uning mehmonlari poytaxtimizdagi Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, imkoniyati cheklangan bolalar bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Olmazor tumani prokuraturasi hamda tuman ichki ishlar organlari hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ona tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhitning ozodaligini saqlash har birimizning burchimiz hisoblanadi.
Andijon shahrida 16 joyda, shuningdek, barcha tuman va shahar markazlarida faoliyat boshlagan yarmarkalar xaridorlar bilan gavjum. Yarmarkalar aholiga qulaylik yaratish, bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda 30 nafar yigit-qiz ishtirok etdi.
"Ayma Group Textile" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Namangan shahrida yangi korxona ishga tushirildi.
2001-yilda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida O‘zbekiston futbol federatsiyasi kubogi uchun bahslar boshlandi.
Poytaxtimizda gandbol bo‘yicha 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 13 mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joriy yil boshidan noyabr oyiga qadar birorta ham jinoyat sodir etilmagan.
Bolalarda genetik sindromlarni erta tashxislash, tug‘ma gipoterioz va fenilketonuriya kabi nasliy kasalliklarga chaqaloqlarni ommaviy (95 foiz qamrovli) skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari tarkibida bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi bo‘limlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz hududlariga tashriflarida bank tomonidan 2017-yilda umumiy qiymati 106 milliard so‘m, shundan 65 milliard so‘m bank krediti bo‘lgan 16 loyiha taqdimot qilingan. Bu haqda Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan bir qator tashkilot va muassasalar hamkorligida tashkil etilgan tanlov yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
U odamlarga ichki ishlar tizimiga ishga joylashtirib qo‘yishga va’da bergan.
Poytaxtimizda “O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy muloqotni ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzuida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya doirasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishning dolzarb masalalari qizg‘in muhokama qilindi.
Yer yuzida haroratning ko‘tarilishi Arktika muzlarining so‘nggi 1500 yilda rekord darajada erishiga olib keldi, deyiladi AQSh ummonlar va atmosferani o‘rganish milliy boshqarmasi ma’ruzasida. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdidlar tobora jiddiy tus olayotgani sababli Jahon banki 2019-yildan so‘ng neft va gaz konlari bo‘yicha geologorazvedka ishlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda Jahon banki ma’lumotiga asoslanib “Interfaks” xabar tarqatdi.
Qish. Andijonda ham qor. Dilda ajib tuyg‘ular ko‘z ochadi. Qish o‘z hikoyasini boshlagandek go‘yo. Bugun yog‘ayotgan fayzu baraka yoz va kuzning yuksak xirmonidan, elning to‘kin dasturxonidan darak.