O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish, tamaki, alkogol va yonilg‘i savdosi sohalaridagi cheklar bo‘yicha keshbekni operativ to‘lash imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Hozirda keshbek Soliq ilovasida chek ro‘yxatdan o‘tkazilgach, navbatdagi oyning 25-sanasidan so‘ng to‘lanadi.