Prezident maktab ta’limini rivojlantirishga oid rejalar bilan tanishdi. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar mahoratini oshiruvchi “Fan kengashlari” tuziladi, kelasi yildan 14 maktabda fanlar ingliz tilida o‘qitiladi, o‘quvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimi joriy qilinadi, bolalarga baxshichilik o‘rgatiladi.