“Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyati bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Nuroniylar maskani” har kuni ko‘pni ko‘rgan qariyalar bilan gavjum. Bu yerda eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar ahamiyatiga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.