Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Kechasi 19-21, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.