Ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan biridan chiqayotgan tutun barchaning e’tiborini tortdi. Yon qo‘shnisi shoshib chiqib, uy eshigini taqillatdi. Eshik isib ketgan, ichkaridan sado chiqmadi. Yong‘in sodir bo‘lgani aniq edi. U tezda yong‘in o‘chirish xizmatiga xabar qildi.