Kun.uz sayti Tez tibbiy yordam vrachining kaltaklangani to‘g‘risida yozdi. Saytning 12 sentabrda e’lon qilingan materialida aytilishicha, 10 sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani 5-bo‘lim Tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Zafar Qayumov ushbu tumandagi Qorasuv 4-mavzesi 1-uy, 9-xonadonga kasal ko‘rishga borgan. Vrach og‘rib yotgan bolani ko‘rayotgan paytda unga bemorning otasi Abdumalik Karimov tashlanib, kaltaklagan.