Qoraqalog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi aholi vakillari Qurbon hayiti arafasida tumandagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohiga keluvchilar ko‘paygani, qurbonlikka olib kelib so‘yilayotgan chorva mollari va parrandalarning chiqindi-axlatlari ko‘milmasdan sasib, atrof-muhitni bulg‘ayotganini aytishmoqda. Aytilishicha, bu yerda har kuni 300 – 350 qo‘y, 1000ning atrofida tovuq so‘yiladi.