Turkiyaning Qo‘jaeli (Kocaeli) shahrida O‘zbekiston vatandoshlarini uy supurish va kasalga qarash kabi ishlar uchun chaqirib, fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Turkiyadagi Do‘g‘on habar agentligi (DHA) tarqatgan ma’lumotga ko‘ra¸ Qo‘jaeli politsiyasi 17 avgust, payshanba kuni o‘tkazgan reyd davomida jinsiy qullikda tutilgan O‘zbekiston vatandoshlari ozod qilinib mamlakatiga qaytarilgan.