O‘zbekistonni tark etib, Rossiyaning Qozon shahrida yashayotgan Ma’rifat Xudoynazarova voyaga yetmagan o‘g‘li 5 oydan buyon vaqtincha saqlash markazida ushlab turilganidan Ozodlikka shikoyat qildi. Ona o‘g‘lining Toshkentga berib yuborilishidan xavfsiramoqda. Xudoynazarovaning iddaosicha, uning oilasini Navoiy viloyat maxsus xizmatlari diniy ayblovlar bilan ta’qib qilmoqda, o‘zi ham, eri ham O‘zbekistonda ichki qidiruvda.