Shikoyatchilar Oliy sud binosiga "shturm bilan kirdi"
15 avgust kuni O‘zbekiston Oliy sudi binosi oldiga yig‘ilgan va kutish joniga tekkan yuzlab shikoyatchilar binoning yopiq darvozasi qulfini sindirib ichkariga kirishdi.
Sud binosiga kirganlardan biri, shikoyatchi Shavkat Yunusovning Ozodlikka aytishicha¸ kun issig‘ida kutaverib xoldan toygan 400 ga yaqin shikoyatchi yopiq turgan darvoza ilgagini sindirib, "ichkariga shturm bilan" kirishgan