Добавить новость


World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Tillerson: Rossiyaning saylovga aralashuvi jiddiy ishonchsizlikka sabab bo‘ldi

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonga ko‘ra, Kremlning Amerika prezident saylovi kampaniyasiga aralashgani ikki mamlakat o‘rtasida “jiddiy ishonchsizlik”ka sabab bo‘lgan.

Bu haqda Tillerson Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Manila shahridagi uchrashuv payti gapirdi:


“Ushbu noxush voqea AQSh va Rossiya xalqi o‘rtasidagi munosabatlarga qanchalik jiddiy ziyon yetkazgani, ishonchsizlikni keltirib chiqargani va biz uni bartaraf qilish yo‘llarini axtarishimiz kerak”, degan Tillerson.


Tillerson Kremlning sanksiyalarga javoban Rossiyadagi AQSh diplomatiya missiyasi xodimlari sonini keskin qisqartirayotganiga Oq uyning javobi 1 sentabrgacha e’lon qilinishini aytdi.  


Tillerson Kreml bunday yo‘l tutganiga qaramay, Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi ekanligini aytib, bitta muammoni deb barcha aloqalarni uzish “foydali emas” dedi:


- Garchi oramizga o‘zaro ishonchsizlik to‘siq bo‘layotgan  bo‘lsa-da, biz ular bilan o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan milliy xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishni istaymiz. Buning uchun munosabatlarimizni diplomatiya kanallari orqali amalga oshirishimiz kerak,- dedi Tillerson.


Tadbirdan so‘ng jurnalistlar bilan uchrashgan Lavrov Vashingtonning Rossiya bilan muloqotni davom ettirishga tayyorligini his qilganini aytdi: 


- Biz amerikalik hamkasblarimizning tayyor ekanini his qildik. Hech narsaga qaramasdan, muloqot davom etadi. Men muloqotning muqobili yo‘q deb hisoblayman,- dedi Lavrov jurnalistlar bilan uchrashuvda.


3 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Tvitterdagi sahifasiga Vashingtonning “Rossiya bilan munosabatlari misli ko‘rilmagan past va xavfli darajaga tushib ketdi”, deb yozdi.


Tillerson Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN) forumida Shimoliy Koreyaga qarshi qabul qilingan BMTning yangi sanksiyalarini bajarish holati kuzatib borilishini aytib, "BMT qarori Pxenyanga yuborilgan kuchli signaldir", dedi.


Davlat kotibi Vashington bilan Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralar imkoniyatini shimoliy koreyaliklar uchun ochiq qoldirayotganini aytdi, ammo rejim BMT qarorlari bilan taqiqlangan raketa sinovlarini to‘xtatishi shart ekanini uqtirdi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus