“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev so‘nggi nutq so‘zladi. U o‘zini tergov tomonidan qo‘yilgan ayblarning birortasiga ham iqror emas deb hisoblamoqda. Kariyev suddan oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.