O‘zbekistonda profilaktika inspektorlariga ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatini berish, 6 ta kam ahamiyatli qilmish bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish tizimini joriy etish taklif qilindi. Shuningdek, mahallada “jamoat yordamchisi” guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.