Toshkentda aprel oyining oxirigacha issiqlik tarmoqlari yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi. Veolia Energy Tashkent xabariga ko‘ra, issiq suv ta’minotidagi uzilishlar faqat mart oyida bo‘ladi va avvalgi yillardagidek besh kun emas, bir kun davom etadi. Aholidan e’tiborli bo‘lish so‘raldi.