O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirilmoqda. Qonunchilikda femitsid, familitsid, stalking, kiberzo‘ravonlik va onlayn gruming uchun javobgarlik belgilanyapti. Pedofillarga umrbod qamoq jazosini takroriy jinoyat uchungina berish ko‘zda tutilmoqda.