O‘zbekiston MB raqamli so‘m chiqarishning turli ssenariylarini ko‘rib chiqyapti: chakana foydalanishdan tortib banklararo hisob-kitoblargacha, deya ma’lum qildi MB raisi o‘rinbosari Nodirbek Ochilov. Jarayon tadqiqot bosqichida. Raqamli valyutani joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi aprelgacha tasdiqlanishi kutilmoqda.