Andijondagi Xo‘jamovlar oilasi bir necha yildan buyon atirgul yetishtirib, ko‘chatlarini chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda oila 10 gektarga yaqin yer maydonida atirgulning 500 dan ziyod turini parvarish qilyapti. “Gazeta.uz” muxbiri mazkur atirgulzorda bo‘lib, uning egalari bilan suhbatlashdi.