AQSh Kongressining Vakillar palatasi respublikachilar taklif etgan hamda Donald Tramp va milliarder Ilon Mask qo‘llab-quvvatlagan hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjat yaqin vaqtda kelishilmasa, hukumat ishni to‘xtatishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.