Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2022-yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragach, davlat to‘ntarishiga uringanlikda gumon qilinmoqda. Yana 36 nafar shaxsga, jumladan, sobiq vazirlar va iste’fodagi generallarga ayblov e’lon qilindi. Ular hozirgi prezidentni o‘ldirishni reja qilgan bo‘lishi mumkin.