“So‘mni erkin suzuvchi valyutaga aylantirish yo‘lida”. O‘zbekiston valyuta bozori qanday o‘zgaryapti?
2017-yilda boshlangan O‘zbekiston valyuta bozori islohotlari 2025-yilda yangi bosqichga kirdi. Apreldan boshlab so‘m ikki tomonlama barqaror harakatga o‘tdi, yil yakuniga ko‘ra 6,8% ga mustahkamlandi. MB erkin suzishga to‘liq o‘tishni ta’minlash niyatida, deya ma’lum qildi regulyator raisi o‘rinbosari Nodirbek Ochilov.