Мы в Telegram
Добавить новость

Скейт-парки и роллердром «Московских сезонов» посетили около 11,5 тыс. человек

5 июня: какой сегодня праздник, что было в этот день

Шахматный клуб на Гоголевском бульваре открылся в рамках проекта «Лето в Москве. Все на улицу!»

В регионе начали курсировать автобусы с баннерами «Лето в Подмосковье»



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Farg‘onalik oila Olmaotadagi tartibsizliklar paytida bedarak ketgan yaqinini qidirmoqda

Farg‘onalik oila Olmaotadagi tartibsizliklar paytida bedarak ketgan yaqinini qidirmoqda

Qozog‘istonda yanvar oyi boshida sodir bo‘lgan ommaviy norozilik va tartibsizliklar paytida bedarak ketgan farg‘onalik 43 yashar o‘zbek muhojirining yaqinlari uning taqdiridan xavotir bildirmoqda. Olti farzandning otasi bo‘lgan Ziyodbek Qo‘chqorov 5 - yanvar kuni ishga chiqib ketganicha oilasi undan boshqa xabar olmagan.

Qozog‘iston hukumati tartibsizliklarga aloqador shaxslarni qidirish davom etayotganini aytmoqda. Qozog‘iston politsiyasi birgina Nur-Sulton shahrida o‘tgan hafta 17, bu hafta yana 18 nafar O‘zbekiston vatandoshi migratsiya qonunchiligini buzgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hozirga qadar qo‘shni mamlakatdagi voqealarga aloqadorlikda o‘zbek fuqarolari ushlangani to‘g‘risida ma’lumot yo‘qligini aytgan.

"Ziyodjonning yo‘qolganiga 20 kun bo‘ldi"

Yaqinlariga ko‘ra, shu yilning 5 - yanvar kuni o‘zining Olmaota yaqinidagi uyidan chiqib ketgan 43 yashar Ziyodjon Rahmonovich Qo‘chqorovning qayerdaligi hozirgacha noma’lum qolmoqda.

Ziyodjon aslida Farg‘ona viloyatining Furqat tumanidan. U ancha yil oldin Qozog‘istonga ishlagani ketib, u yerda qozog‘istonlik Svetlana Sarsenbayeva bilan turmush qurgan va hozirda 6 nafar farzandni birga tarbiya qilib kelishadi.

Ozodlik bilan suhbatda Svetlana 20 kundan buyon erining qayerda ekanini aniqlay olmayotganini aytdi:

- 5 - yanvar kuni ishga boraman deb, ertalabki soat 9larda chiqib ketgandi. Unda O‘zbekiston grajdanligi bor, menda Qozog‘istonniki. Oltita farzandimiz bor, shu bolalarimning otasi bo‘ladi. U Olmaotada qurilishlarda ishlab yurardi. Tushlik paytida qo‘ng‘iroq qilib, “Qalqamandagi blokpostda odamlarni chiqarmayotir”, dedi. Shundan beri daragi yo‘q. Men Olmaotaning barcha tuman IIBlariga murojaat qildim. Yo‘q bizda, degan javob olyapman, -dedi o‘zbek muhojirining ayoli.

Ozodlik Ziyodjon Qo‘chqorovning Rossiyada ishlayotgan jiyani Azimjon bilan ham bog‘landi. Azimjon hozircha oila-a’zolari faqat qozoq politsiyasiga murojaat qilgani, O‘zbekiston rasmiylariga amakisi yo‘qolgani to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday yetkazishni bilmayotganini aytdi.

Ozodlik jurnalistlari ham O‘zbekistonning Olmaotadagi konsulxonasiga kun davomida bog‘lana olmadi.

Nur-Sultondagi O‘zbekiston elchixonasining Ozodlik bog‘langan xodimi Ziyodjon Qo‘chqorov masalasini o‘rganishga va’da berdi.

- Qo‘chqorov masalasida biz ma’lumotni tekshirib ko‘ramiz. Ertaga (25 - yanvar kuni - tahr.) xodimimiz sizga aloqaga chiqib, natijalar bo‘yicha xabar beradi, - dedi ismini aytmagan elchixona xodimi.

"Tashqi kuchlar" va qo‘shni davlat fuqarolari

Qozog‘iston rasmiylari 2 - yanvar kuni mamlakat g‘arbida boshlangan va ommaviy norozilik namoyishlari hamda tartibsiliklarga aylanib ketgan voqealarda "tashqi kuchlar"ni ayblashgan. Prezident Toqayev hodisalarda Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharqdan kelgan qurolli jangarilar qatnashganini da’vo qilgan, ammo hozirga qadar bu da’volarni tasdiqlovchi dalillar oshkor etilmagan.

Qozog‘istondagi "terrorchilik harakatlari"da ishtirok etish uchun yollangani aytilgan shaxslardan biri qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov bo‘lib chiqdi. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining norozilik notasi ortidan Ruzaxunov Olmaotadagi hibsxonadan ozod qilinib, vataniga yuborildi.

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, Olmaotadagi hodisalar vaqtida qo‘lga olingan va politsiya bo‘limida qattiq kaltaklangan yana bir qirg‘iz fuqarosi Cho‘lponbek Sidiqov hozirda kasalxonada qolmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealarga aloqadorlikda mamlakat fuqarolarining hibsga olingani haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

17 - yanvar kuni Qozog‘iston chegarachilari jangovar o‘qdan jarohatlangan O‘zbekiston vatandoshini qo‘lga olgani haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi bu ma’lumotini rad etib, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligini bildirdi.

24 - yanvar kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘iston poytaxtidagi vaqtincha saqlash hibsxonasida hujjatsiz ushlangan 17 nafar O‘zbekiston vatandoshlari saqlanayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

Qozog‘iston o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, har yili yuz minglab o‘zbekistonliklar pul topish ilinjida mavsumiy ishlar uchun Qozog‘istonga safar qiladilar.

O‘zbek tomoni 15 - yanvardan boshlab ikki davlat fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan Davlat chegarasini kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Cheklov koronavirusning yangi - omikron shtammi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingani aytildi.

 

Mamlakat g‘arbida gaz narxlarining oshirilishidan boshlangan va prezident Toqayev "davlat to‘ntarishiga urinish" deb ta’riflagan voqealarda, rasmiylarga ko‘ra, kamida 225 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq odam jabrlangan.

10 mingga yaqin odam voqealarga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan, yuzlab jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, hozirda 450 ga yaqin odam hibsda qolmoqda.

Qozog‘iston hukumati Yevropa parlamenti deputatlarining xalqaro tergov o‘tkazish haqidagi chaqirig‘ini rad etgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

На ПМЭФ показали проект высокоскоростной железнодорожной магистрали с остановкой в Воронеже

Лидер движения «Всеармянский фронт», Аршак Карапетян выступил 5 июня 2024 на радио «Аврора» в прямом эфире авторской программы «Другой глобус» с Дарьей Митиной. ВИДЕО

Эксперт считает, что Белоруссия откроет для ШОС европейское направление

Экс-замглавы Росприроднадзора Долматов арестован

Музыкальные новости

В филиалах АО "Желдорреммаш" прошли мероприятия ко Дню защиты детей

ЦСКА забрал кубок из Казани // Армейцы вернули себе титул чемпиона Единой лиги ВТБ

Генпрокуратура потребовала передать государству велотрек с Олимпиады-80

Работник СЛД «Чита» филиала «Забайкальский» ООО «ЛокоТех-Сервис» принял участие в экологической акции по очистке берега и дна озера Кенон

Новости России

Кто помог Горбачёву прийти к власти

Директор «Школы в Некрасовке» Майя Булаева провела встречу с социальными работниками

Партнерский проект воронежского ЖК «Джаз» отмечен в Москве дипломом премии «Громче!»

Путин: Москва будет работать с любым президентом США

Экология в России и мире

Befree запускает сайт для поиска талантов

Условно разрешенные виды использования земельных участков

Скидки на звуковые щетки и зубную пасту для детей от компании "Ревилайн" до 6 июня 2024 года

Это вовсе не только Питер: названы 15 городов России, куда можно поехать на белые ночи

Спорт в России и мире

Теннисист Джокович побил рекорд Федерера по победам на турнирах "Большого шлема"

Потапова о поражении от Свентек на "Ролан Гаррос": организм дал сбой

Андреева рассказала о своих планах на предстоящий матч с Соболенко во Франции

После поражения де Минору россиянин Медведев завершает выступление в престижном теннисном турнире

Moscow.media

В этом году по БКД обновят 3,3 тыс. км дорог региональной опорной сети – Марат Хуснуллин

CorpSoft24 и 3DiVi экспортируют биометрию в Африку и на Ближний Восток

На орловской трассе столкнулись микроавтобус «УАЗ» и тягач «Scania», груженный дисками вагонных колес

RooX UIDM защитит от перехвата токенов











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Кто помог Горбачёву прийти к власти

Директор «Школы в Некрасовке» Майя Булаева провела встречу с социальными работниками

Мурманск вновь станет площадкой для проведения заседания Секции арктических музеев Союза Музеев России

Путин: Москва будет работать с любым президентом США