Мы в Telegram
Добавить новость

Заложников в ростовском СИЗО освободили во время штурма

В Адыгее возбуждено еще одно уголовное дело по факту гибели трехлетней девочки

Baza: имам пытался договориться с террористами, захватившими СИЗО в Ростове

Мэр Москвы поздравил медиков с профессиональным праздником



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Rossiya Ukraina tepasiga qo‘g‘irchoq prezident qo‘yish rejasi borligini rad etdi

Rossiya Ukraina tepasiga qo‘g‘irchoq prezident qo‘yish rejasi borligini rad etdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Britaniyaning Moskva Ukrainaga rossiyaparast yetakchini qo‘yishga intilayotgani haqidagi da’vosini rad etdi.

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 22 - yanvar kuni Rossiya hukumati Ukraina parlamentining sobiq deputati Yevgeniy Murayevni potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotga egaligini aytib, bu “Ukrainaga bostirib kirish” rejasining bir qismi degan bayonot bilan chiqdi.

Vazirlik mazkur da’voni tasdiqlovchi dalillar keltirmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 23 - yanvar kuni Britaniyaning bu da’volarini “dezinformatsiya” deb atab, NATO a’zolarining “Ukraina atrofida keskinlikni kuchaytirayotganiga” yana bir misol o‘laroq baholadi.

“Biz Buyuk Britaniya TIVni provokatsiyani to‘xtatishga chaqiramiz”, deyiladi Rossiya TIV “Facebook”dagi bayonotida.

“Bugun e’lon qilingan ma’lumotlar Rossiyaning Ukraina hukumatini ag‘darishga qaratilgan harakatlari ko‘lamini yoritib beradi va Kremlning niyatini namoyon qiladi”, dedi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass razvedka ma’lumotlariga tayanib bergan bayonotida.

“Buyuk Britaniya va hamkorlarimiz bot-bot ta’kidlaganidek, Rossiya Ukrainaga qarshi har qanday harbiy harakati katta tovon to‘lashga olib keladigan strategik xato bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Dominik Raab ham 23 - yanvar kuni “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida “Rossiyaning Ukrainani bosib olishga, shuningdek, qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnatishga bo‘lgan harakatlari jiddiy oqibatlarga olib keladi”, deya ogohlantirdi.

Britaniya bayonotida keltirilishicha, Rossiya razvedkasining Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich davrida xizmat qilgan “ko‘p sonli” sobiq ukrainalik siyosatchilar bilan aloqasi bor.

Kremlparast Yanukovich 2014 - yilda ommaviy noroziliklardan so‘ng hokimiyatdan ag‘darilgan va boshqaruvni G‘arbga moyil hukumat qo‘lga olgan edi.

Rossiya razvedkasi bilan aloqasi borligi aytilganlar orasida 2012-2014 - yillarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 2014 - yilda esa bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Sergey Arbuzov; 2010-2012 - yillarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va Yanukovich apparati rahbari bo‘lgan Andrey Kluyev; Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (RNBO) rahbarining sobiq o‘rinbosari Vladimir Sivkovich va 2010-2014 - yillarda Ukraina bosh vaziri bo‘lgan Nikolay Azarov nomlari qayd etilgan.

 

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Emili Xornning bayonotida aytilishicha, AQSh Moskvaning Ukrainaga rossiyaparast prezident qo‘yish niyatida ekani haqidagi da’voni “chuqur tashvishli” deb hisoblaydi.

“Bunday fitna jiddiy tashvish uyg‘otadi. Ukraina xalqi o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqiga ega. Biz Ukrainadagi demokratik yo‘l bilan saylangan hamkorlarimiz bilan birgamiz”, dedi Xorn.

Ayrim tahlilchilar Britaniyaning da’volarini shubha ostiga qo‘yib, Murayevning o‘zi Rossiya sanksiyalari ostida qolgan marginal shaxs ekanligini ta’kidladi. U Kremlning Ukrainadagi eng ko‘zga ko‘ringan ittifoqchisi, o‘tgan yili davlatga xiyonat ayblovi bo‘yicha uy qamog‘iga olingan Viktor Medvedchuk bilan ham yaqin emas.

Murayev “Facebook”da Britaniyaning da’volarini rad etdi.

“Ukrainadagi g‘arbparast va rossiyaparast siyosatchilarning davri o‘tdi”, deb yozdi u 24 - yanvar kuni.

“Ukraina taqdiriga befarq bo‘lmagan barchaga murojaat qilaman: bizni rossiyaparastlar va g‘arbparastlar deb ajratishni bas qilinglar, bizni bir-birimizga qarshi qo‘yishni bas qilinglar va biz o‘zimiz mamlakatimizda tinchlik o‘rnatamiz” , deya post qoldirgan Murayev.

Rossiyaning xavfsizlik siyosati bo‘yicha ekspert Mark Galeotti Britaniyaning da’volariga shubha bilan qarashini aytgan.

“Biz so‘nggi yillarda razvedka ma’lumotlari asosida olg‘a surilgan juda ko‘p da’volarning yo‘q bo‘lib ketgani yoki inkor etilganini ko‘rdik. Rossiya ham xuddi boshqalar kabi, bir nechta variantlarni rejalashtiradi. Nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin” deb tvit qoldirgan u.

“Rossiyaning turli razvedka idoralari va kuch markazlarida “har qanday raqib uchun spekulyativ sxemalar” mavjud, ammo "bu Kreml bosqin uyushtirish va qo‘g‘irchoq hukumat o‘rnatishni rejalashtirayotganidan dalolat bermaydi”.

Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida 100 000 dan ortiq qo‘shin to‘plagani G‘arbda Ukrainaga qarshi navbatdagi harbiy bosqinga tayyorgarlik o‘laroq baholanib, jiddiy xavotirlantirib kelmoqda.

Ukraina sharqida davom etayotgan urushda ayirmachilarni qo‘llab kelayotgan Rossiya ehtimoliy bosqin haqidagi da’volarni rad etgan.

Britaniya TIV bayonoti samarasiz o‘tgan AQSh va Rossiya diplomatlarining oliy darajadagi muzokarlaridan bir kun o‘tib e’lon qilindi. Ukraina bo‘yicha o‘tgan muzkoralar muvaffaqiyatsiz kechgan bo‘lsa ham, tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib olishgan.

Avvalroq Jeneva, Bryussel va Venadagi ketma-ket muzokaralar ham hech qanday natija bermagan edi.

Ayni paytda, Yevropa va Rossiya OAVlari Trass fevral oyida Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Rossiya-Ukraina chegarasidagi inqirozni muhokama qilishi haqida bong urmoqda.

Trassning tashrifi Britaniya tashqi ishlar vazirining 2017 - yil dekabridan beri Moskvaga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi bo‘ladi.

22 - yanvar kuni AFP axborot agentligi “Buyuk Britaniya mudofaa sohasidagi yuqori lavozimli manba”dan iqtibos keltirgan holda, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni Ukrainadagi keskinlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga taklif qilganini xabar qildi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Дополнительная остановка появится на маршруте №13к по просьбам красногорцев.

Победители конкурса айтишников будут учиться в Останкинском технопарке

Разыскиваемый за хищения экс-чиновник Минсельхоза РФ задержан в Подмосковье

Первый класс пожарной опасности спрогнозировали в Подмосковье до 19 июня

Музыкальные новости

Аксенов жестко выказался

Звезды оперной сцены представят I Международный фестиваль «Мир классического романса»!

Автопробег в честь Дня России прошел в Ленинском округе

Иерей Александр Туховский: Очень нужна помощь!

Новости России

Губерниев обозвал российских спортсменов «ссыкунами» и призвал ехать на Олимпиаду в Париж под белым флагом

В ГД предложили не считать превышением самообороны случаи проникновения в жилище

Загрутдинов: начаты остекление и отделка фасадов Дворца бракосочетания в Митине

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 Москвичей и гостей столицы

Экология в России и мире

Театр и Цирк, Культура и Концерт, Россия и Дети: «Волшебный платок бабушки Дари» - это захватывающее путешествие в мир бурятской сказки, которое не оставит равнодушным ни одного зрителя

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду

Россиянка рассказала, как в Европе приучают население есть насекомых: альтернативный белок на любой вкус теперь на каждом шагу

Россиянам предложили премиальные туры сразу в 2 страны: рейсы начнутся из 8 российских городов

Спорт в России и мире

Самсонова поддержала Андрееску после победы над ней в финале турнира в Хертогенбосхе

Хачанов вылетел с турнира ATP в Хертогенбосхе после первого же матча

Овечкин, Яковлев, Фридзон и Мыскина сыграли в падел-теннис в Турции: «Победила дружба»

Самсонова обыграла Александрову и вышла в финал турнира WTA в Хертогенбосхе

Moscow.media

Тренер назвала признаки синдрома перетренированности

Женщина провалилась в яму в центре Саратова. Начата проверка

Hyundai привозит в Россию старый добрый седан по цене LADA Vesta

Любимый кроссовер Kia снова в России по привлекательным ценам. Они приятно удивят.











Топ новостей на этот час

Rss.plus






КУПЛЮ: Куплю дизельные и бензиновые генераторы.

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 Москвичей и гостей столицы

Новосибирский аэропорт встретил самый «старший» экипаж кругосветки

В Лужниках состоялась церемония открытия Всероссийской Спартакиады Специальной Олимпиады