Мы в Telegram
Добавить новость

Вильфанд пообещал москвичам субтропическую погоду 12 июня

Эксперт предупредил о риске спазма при резком заходе в воду после долгого отдыха на солнце

Портал «Свадьба в Подмосковье» запустился в Московской области

Москвичи смогут увидеть утилизацию отходов и пластика на экскурсиях проекта «Открой#Моспром»



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Turk lirasi quladi. Erdo‘g‘onning “mustaqillik uchun iqtisodiy urushi” nima?

Turk lirasi quladi. Erdo‘g‘onning “mustaqillik uchun iqtisodiy urushi” nima?

Turk lirasi yil boshidan buyon 40 foizga qadrsizlanib, dunyodagi eng beqaror valyutalaridan biriga aylandi. Iste’mol mollari narxlari keskin oshganiga qaramay, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on foiz stavkalarini kamaytirish siyosatini davom ettirmoqda.

Sentabrdan buyon Turkiya Markaziy banki inflyatsiya qariyb 20 foizga o‘sganiga qaramay, qarzlar bahosini 4 foizga pasaytirdi – bu mamlakat prezidentining istagi edi.

19 yildirki iqtidorda qolayotgan va tobora  avtoritarlashib borayotgan prezident Erdo‘g‘on iqtisodchilarning stavkalar ko‘tarilsa, narxlar tushishi mumkinligi haqidagi fikrlariga ters o‘laroq “inflyatsiyaga aynan yuqori foiz stavkalari sabab bo‘lyapti”, degan fikrda qat’iy. 

Foiz stavkalari pasaytirilishi Markaziy bankning mustaqilligini shubha ostiga qo‘ydi, noan’anaviy pul-kredit siyosati esa xorijiy investorlarni hurkitmoqda  – ular hozirda Turkiyadagi aktivlaridan qutulish payiga tushganlar. Turkiya fuqarolari esa shiddatli inflyatsiyadan himoyalash uchun o‘z jamg‘armalarini chet el valyutasiga va tillaga aylantirishga shoshilmoqda.

“Odamlar yostiq ostiga bekitib qo‘ygan pullarini olib kelib, dollar sotib olishmoqda. Bu vahimalar qachon bitadi, oqibati nima bo‘ladi? Hamma xavotirga tushgan”, deydi valyuta ayriboshlash shoxobchasi xodimasi Hulyo O‘rak.

Ushbu vahimalar manzarasida turk lirasi kursi dollar va evroga nisbatan tushib ketib, ustma-ust antirekord qayd etmoqda.

23 - noyabr kuni – Erdo‘g‘on noan’anaviy pul siyosatidan kechmasligini aytganida liraning dollarga nisbati 13.44 ga pasayib, rekord o‘rnatilgandi. O‘tgan seshanbada esa turk valyutasi yanada arzonlab, bir dollar bahosi 14 liraga chiqdi.

Chorshanba kuni Turkiya Markaziy banki vaziyatni tuzatish uchun valyuta zaxiralarini ishga solishini e’lon qilganidan so‘nggina kurs bir oz mustahkamlandi.

Valyuta inqirozi aholining turmush darajasida aks etmay qolmayapti. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, inflyatsiya darajasi 21 foizdan oshgan – shunga yarasha birlamchi ehtiyoj mollari keskin qimmatlashgan. Mamlakatda ko‘plab odamlar moddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda.

Inflyatsiyani o‘rganish bo‘yicha mustaqil guruh (Inflation Research Group) esa kurs lirasi rasmiy statistikadan ancha ortiq – naq 58 foizga qadrsizlangan, deb hisoblaydi. Muxolifat partiyalari ham inflyatsiyaga doir rasmiy ma’lumotlarga ko‘pdan beri ishonmay qo‘yishgan.

Lira devalvatsiyasi import mahsulotlar, yoqilg‘i va kundalik ehtiyoj mollari narxi ko‘tarilishiga olib keldi. Shuningdek, uy-joy, ijara kabi dollarga bog‘langan narxlar ham oshdi.

Istanbuldagi Koch universiteti iqtisodiyot professori Selva Demiralp mamlakatdagi iqtisodiy beqarorlik tufayli yuqori malakali kadrlar chet elga chiqib ketishidan xavotirda ekanini aytadi.

Erdo‘g‘onning pul-kredit siyosati va uning oqibatlari

Erdo‘g‘on islom dinida sudxo‘rlik gunoh sanalishini ta’kidlab keladi va foiz stavkalarini “barcha yomonliklarning onasi” deb ataydi. U stavkalar pasaytirilishiga qarshi chiqqani uchun Markaziy bankning uch rahbarini ishdan bo‘shatgan. O‘tgan payshanbada esa u yana bir karra moliya vazirini almashtirdi: yangi vazir foizlarni kamaytirish g‘oyasi tarafdori ekanligi o‘rtaga chiqqach, lira kursi yana bir oz pasaydi.

Turkiya rahbari milliy valyuta qulashida “Turkiya iqtisodiyotini xarob qilishga intilayotgan” xorijiy kuchlarni aybladi va uning hukumati “mustaqillik uchun iqtisodiy kurash” olib borayotganini ta’kidladi.

Iqtisodchi Demiralpga ko‘ra, hukumat odatda narxlarni tutib turish uchun qo‘llanadigan choralarning tamom teskarisini qilmoqda.

“Markaziy bank foiz stavkalarini kamaytirgan holda inflyatsiya bosimini tiyish mumkin, deydi. Bozor esa bunga ishonmayapti”, deydi ekspert.

Iqtisodchiga ko‘ra, Turkiya inflyatsiyani jilovlashni emas, iqtisodiyot o‘sishini ko‘proq ko‘zlayapti, ammo “ushbu bosqichda o‘sishga erishish mahol, chunki inqiroz tufayli bo‘layotgan vahimalar, mavhumlik va xarajatlar ortishi iqtisodiyotga katta talafot yetkazmoqda”, urg‘ulaydi u.

Mamlakatdagi inflyatsiya va qimmatchilik Erdo‘g‘onning obro‘-e’tiboriga jiddiy putur yetkazmoqda: ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra uning iqtisodiy siyosatidan norozilar hatto o‘z tarafdorlari orasida ham bor.

O‘tgan haftada politsiya Istanbul va boshqa shaharlarda turmush sharoiti og‘irlashgani vajidan ko‘cha aksiyalariga chiqqan olomonni kuch bilan tarqatdi. O‘nlab namoyishchilar hibs qilindi.

Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, Erdo‘g‘onning hukmron partiyasiga qarshi tuzilgan muxolifat partiyalar alyansi kun sayin obro‘ qozonmoqda. Muxolifat koalitsiyasi vakillari muddatidan oldin saylov o‘tkazishni talab qilishmoqda, no‘noq iqtisodiy siyosati uchun Erdo‘g‘onni “xoin” deb atayotganlar ham anchagina.

Erdo‘g‘on muddatidan avval saylov o‘tkazishni rad etib, saylov belgilangan vaqtida – 2023 - yilda bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Yaqinda u hukumat 50 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beruvchi dasturni ishlab chiqayotganini, eng kam ish haqi oshirilishini ma’lum qildi.

“Biz xarid quvvati tushib ketgan fuqarolarimizni tinchlantirish uchun izchil chora-tadbirlarni qabul qilishga tayyorlanyapmiz”, dedi Turkiya prezidenti.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Чиновники обогрели базу за взятку

Девятиклассники Подмосковья сдали ОГЭ по информатике, географии и обществознанию

В Мытищах прошла акция по очистке лесной территории

За реконструкцию офисов под жилье на не предназначенных для этого участках будут штрафовать

Музыкальные новости

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

Кубок дружбы народов стран БРИКС по футболу прошёл в Нижнем Новгороде

Помощь российских армян СВО. Поддержка тыла важна для передовой

"СВЯТОЙ ЛЕНИН: сенсация о прогнозах направит Америку и Европу творить добро?!

Новости России

"Евро-Футбол.Ру": "Спартак" летом купит форварда только в случае ухода Соболева

Суд арестовал обвиняемого в нападении на директора «Цифровых платформ»

В Мытищах прошла акция по очистке лесной территории

Оборудование для ЦКП СКИФ начали завозить в Новосибирске

Экология в России и мире

Захарова: армянам - нота, апшеронцам – «да»

Новый тип туров в Турцию начали раскупать российские туристы: вместо отеля им предложено нестандартное размещение

Создание и продвижение КАНАЛА, ГРУППЫ или ЧАТА в WhatsApp, Telegram, Там Там и других мессенджерах.

Купаться надо уметь: правила, которые сохранят вам жизнь

Спорт в России и мире

Алькарас стал победителем "Ролан Гаррос", обыграв в финале Зверева

Ига Свентек в четвертый раз выиграла Открытый чемпионат Франции по теннису

Калинская поддержала Синнера после поражения на "Ролан Гаррос"

Рейтинг ATP. Синнер стал №1, Алькарас – №2, Циципас выпал из топ-10, Хачанов – из топ-20, Котов обновил личный рекорд

Moscow.media

В продаже появился пикап, имя которого пришлось менять специально для России

Терминал сбора данных (ТСД) промышленного класса SAOTRON RT42G

Любимый внедорожник россиян стал еще доступнее: известна цена

Портативный сканер штрих-кодов Heroje C1271 промышленного класса











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Мастер и Принцесса: в «Архангельском» вручили «Хрустальную Турандот»

По делу генерала Попова о мошенничестве арестовали еще одного фигуранта

Чиновники обогрели базу за взятку

Мероприятия поэтического фестиваля «Русский слог» посетили свыше 10 тысяч зрителей