Мы в Telegram
Добавить новость

Летевший в Москву самолет сел в Новосибирске из-за плохого самочувствия пассажира

Почти 50 подъемных платформ установят в подъездах многоквартирных домов

В Москве произошел конфликт со стрельбой

Оппозиционный молдавский политик захотел стать премьером страны



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ahmad Vali Ma’sud: Qarshilik harakati Afg‘onistonda partizanlar urushini kuchaytirdi (VIDEO)

Ahmad Vali Ma’sud: Qarshilik harakati Afg‘onistonda partizanlar urushini kuchaytirdi (VIDEO)

Dam olish kunlari Afg‘onistonda yana qator portlash ovozlari yangradi. Mamlakat janubida toliblarning o‘zlari nishonga aylanmoqda. Jalolobodda 18 va 19 - sentabr kunlari Tolibon jangarilariga qarashli bir nechta avtomobil havoga uchirildi. Natijada uch kishi o‘lib, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Yana bir portlash Kobulda sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, qo‘poruvchilik harakati magnitli mina yordamida amalga oshirilib, uch kishini yarador bo‘lishiga olib kelgan.

Terroristik xurujlar uchun javobgarlikni “IShID-Xuroson” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Bu orada toliblar Kobul hokimi etib tayinlagan Hamidulloh Nu’moniy munitsipalitetda ishlovchi ayollarga, agar ularning vazifasini erkaklar bajara olsa, ishga chiqmaslikni amr qildi. U Tolibon rahbariyati ayollarning ishlashini bir muddat to‘xtatib turishga buyruq berganini aytgan. Nu’moniy aytishicha, poytaxt munitsipalitetida taxminan ming nafar ayol ishlaydi.

Avvalroq Tolibon hukumatining Ta’lim vazirligi o‘rta maktablarning o‘quvchi qizlari va muallimalariga maktabga borishni taqiqlab qo‘ygandi. Toliblar bu muvaqqat choraligini aytib, maktablarda o‘g‘il va qiz bolalarni ayri-ayri o‘qitish uchun sharoit yaratilganidan so‘ng o‘quvchi qizlar va muallimalar u yerga qaytarilishiga va’da berishmoqda.

“Nastoyashcheye vremya” telekanali Afg‘onistonning kelajagi va Panjshirdagi vaziyat haqida Milliy qarshilik jabhasining Yevropadagi vakili Ahmad Vali Ma’sud bilan suhbatlashdi. Ahmad Vali Ma’sud – qarshilik harakati yo‘lboshchisi Ahmad Shoh Ma’sudning amakisi  va Afg‘oniston qahramoni Ahmad Shoh Ma’sudning ukasidir.

– Janob Ma’sud, Milliy qarshilik jabhasi yetakchisi hozir qayerda? Nega Ahmad Ma’suddan hech qanday darak yo‘q? Tirikmi u?

– Bismillahir rohmanir rohiym. Ha, u tirik va sog‘-salomat. Makoni sir tutilmoqda, ammo tez orada uning murojaati e’lon qilinadi.

– Panjshir zabt etilishidan oldin ko‘pchilik toliblarning bu mintaqani qo‘lga kirita olmasligini bashorat qilgandi. Panjshir qulashiga nima sabab bo‘ldi?

– Toliblar 33 viloyatning barchasidagi o‘z kuchlarini yig‘ishdi, mamlakatda mavjud hamma terrorchi guruhlarni yollashdi va har xil turdagi son-sanoqsiz qurollar bilan ustimizga kelishdi. Pirovardida 10 kundan so‘ng ular mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Panjshirni to‘liq ishg‘ol eta olganlari yo‘q. U yerda hamon qarshilik davom etyapti. Mintaqaning katta qismi bizning nazoratimizda.

– Yaqinda toliblar Milliy qarshilik jabhasining qurol-aslaha, yoqilg‘i va oziq-ovqat saqlanayotgan ulkan omborlarini qo‘lga kiritishganini e’lon qilishdi. Panjshir viloyati har tarafdan qurshovga olinganini hisobga olsak, qarshilik harakati yana qanchaga cho‘zilishi mumkin?

– Milliy qarshilik jabhasining zaxiralari ko‘p emasdi o‘zi. Xuddi shu sababga ko‘ra qarshilik kuchlari toliblar bilan yuzma-yuz to‘qnashuvlarga uzoq dosh bera olmadi. Va urush hozirda partizanlar urushi tusini olgan. Bu o‘rinda ta’kidlash muhimki, Panjshirda 40 yildan buyon bosqinchilarga qarshi partizanlar urushi olib borilmoqda.

Hozirda qarshilik jabhasi, ayrim hozirliklardan so‘ng yana partizanlar urushini faollashtirgan. Ishonchingiz komil bo‘lsin, kurashning bu turi Panjshirdan chekkaga ham yoyilib, Afg‘onistonning barcha shimoliy viloyatlarini qamrab oladi.

Oradan bir oy o‘tib xalqimiz toliblarning hech bir muqaddas narsasi yo‘qligiga va ular aholi muammolarini hal qila olmasligiga tushunib etmoqda. Shuning uchun ham qarshilik tobora rivoj topyapti.

– Nega boshqa mintaqalarda qarshilik harakati toliblar kelishi bilan boshlanmadi?

– Negaki hamma prezident Ashraf G‘anining 300 ming kishilik armiyasiga umid bog‘lagandi. Odamlar hukumat qo‘shini Tolibon hujumiga bardosh bera oladi, deb o‘ylashdi. Armiya bu qadar tez sochilib ketishi kimning xayoliga kelibdi deysiz. Ana shu umidlarga aldanib, qarshilik uchun hech qanaqa hozirlik ko‘rishmagan-da.

Hozirda, Afg‘onistonning o‘zidan tashqari, chetda, dunyoning ko‘p mamlakatlarida aksiltolibon kampaniyasi ketmoqda. Odamlar namoyishlarga chiqishyapti, siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lmoqda.

– Siz Milliy qarshilik jabhasiga oid siyosiy masalalar bo‘yicha mas’ulsiz. Ayting-chi, birinchi qarshilik jabhasining sobiq yetakchilari – Do‘stum, Xaliliy, Muhaqqiq, Nur va boshqalar bilan biror aloqa bormi?

– Ha, ularning barchasi Milliy qarshilik jabhasi yetakchisi bilan bevosita aloqada bo‘lib turibdi. Xudo xohlasa, tez orada qarshilik – Afg‘onistonda yashovchi barcha el va elatlar ishtirokidagi umumxalq kurashiga aylanajak.

Toliblar kuch bilan bosib olishdan boshqasiga yaramasligiga, ularning bir to‘da terrorchilardan bo‘lak kadrlar zaxirasi yo‘qligiga bugun hamma amin bo‘ldi. Ular mamlakatni idora qilishga qodir emas. Iqtidorga kelishganidan beri aqalli jamiyatning birlamchi ehtiyojini qondira olishmadi. Kuch ishlatish va tajovuzkorlikdan boshqa hech nimani namoyon eta olishgani yo‘q.

– Sizdan Milliy qarshilik jabhasi va toliblar o‘rtasidagi muzokaralar barbod bo‘lgani haqida so‘ramoqchiman. Tolibonning ayrim rahbarlari iddao qilishicha, toliblardan Afg‘oniston yangi hukumatidagi vazirlik lavozimlarining chorak hissasini talab qilgan ekansizlar. Shu gap rostmi?

– Mutlaqo noto‘g‘ri. Muzokaralar davomida Milliy qarshilik jabhasi aslo bunaqa talablarni ilgari surgani yo‘q. Biz doimo mamlakatning bo‘lajak boshqaruv shakli haqida suhbat olib borganmiz. Milliy jabha toliblarni vakillikka asoslangan va Afg‘oniston xalqi manfaatlarini ifoda eta oladigan tuzilmani qabul qilishga chaqirgan.

Biz bo‘lg‘usi hukumat qoida o‘laroq amal qilishi mumkin bo‘lgan qadriyatlar – saylov, demokratiya, ayollar huquqlari, fuqarolik haqlari, inson erkinligi va so‘z erkinligi xususida gapirdik.

Milliy qarshilik jabhasi hech qachon lavozimlarni taqsimlash masalasini qo‘ymagan. Taassufki, toliblar bir necha vazirlik kursisini boshqa kuchlar vakillariga berish orqali o‘zlari e’lon qilgan amirlikni mashru’lashtirishmoqchi. Biroq biz bunday yondashuvga aslo rozi emasmiz.

– So‘nggi kunlarda toliblar bilan Afg‘onistonning boshqa g‘ayripashtun etnik guruhlari vakillari o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar haqida ko‘p gapirilmoqda. Yaqinda Pokiston va Tojikiston rahbarlari shunaqa variantni muhokama qilishdi. Nima deb o‘ylaysiz, Pokiston toliblarni inklyuziya hukumat tuzishga majbur qila olarmikan?

– Pokiston rahbariyati shu paytgacha avval bergan bironta va’dasini bajargan emas. Ular hech nima qila olishmagan. Toliblarni inklyuziv hukumat tuzishga majbur etamiz, deb ilgari ham aytishgandi, lekin qo‘llaridan kelmadi.

Endi ular yana va’da berishyapti, Tojikiston prezidentiga va’da berishyapti. Natijasini, o‘ylaymanki, tez orada ko‘ramiz.

– Ahmad Ma’sudning G‘arb nashrlarida e’lon qilinayotgan murojaatlari va sizning sa’y-harakatlaringizga qaraganda, Milliy qarshilik jabhasi G‘arbdan ko‘mak izlamoqda. Nega aynan G‘arbdan – 90-yillarda birinchi qarshilikni dastaklagan mamlakatlar, xususan, Eron, Hindiston va Rossiyadan emas?

– Mintaqa mamlakatlari toliblar bilan o‘zlari uchun foydali tarzda muzokara olib borish mumkin, deb o‘ylaydi. Ammo ular hademay toliblar bilan muzokaralar o‘z manfaatlariga mos emasligini tushunib yetishadi, bu qaytaga zarar keltirishini his qiladilar. Zero toliblar – jahon terrorizmining bir bo‘lagidir, ular terrorizmdan yiroqlasha olishmaydi. Terrorchi guruhlar uchun esa chek-chegara degan narsa yo‘q. Va ular birinchi imkoniyat tug‘ilganidayoq mintaqa mamlakatlariga suqilib kirishga urinadilar. G‘arb mamlakatlarida esa o‘zgacha qadriyatlar hukmron. U yerda jamoatchilik fikri Tolibon g‘oyalarini hazm qilolmaydi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Россия примет контрмеры при отмене Японией статьи конституции об отказе от ВС

Ситуация под Авдеевкой на сегодня. Карта боевых действий от 23 мая 2024 года, наступление ВС РФ продолжается

Последствия пожара в подмосковном хостеле

В Подмосковье участились случаи выхода лосей на дороги общего пользования

Музыкальные новости

Азербайджанцев оправдали за убийство спортсмена Евгения Кушнира в Самарской области. Делом заинтересовался глава Следкома РФ А. Бастрыкин

Цифра дня: сколько диагнозов поставил ИИ-помощник для врачей от Сбера

Сергей Собянин: Колледжи проведут Дни открытых дверей

Футбол Беларуси. Минское «Динамо» сразилось с «Шахтером» из Солигорска

Новости России

Россия примет контрмеры при отмене Японией статьи конституции об отказе от ВС

Кадетам Росгвардии вручили премии и передали финансовую помощь

На дорогах Подмосковья зафиксировано более 763 тыс автомобилей утром 23 мая

Свердловская область упала в рейтинге, который готовят для Путина

Экология в России и мире

ТОП-10 продуктов, необходимых для здоровья щитовидной железы

В Астрахани прошли мероприятия, посвящённые Дню Победы

Генеральным директором «585*ЗОЛОТОЙ» стал Дмитрий Лазарев

Модернизация контейнерных площадок продолжается в Реутове

Спорт в России и мире

Потапова проиграла на старте турнира WTA-500 в Страсбурге

Теннисиста Медведева выбили из топ-4 ATP

Сумасшедший матч «Реала», Медведев опустился в рейтинге ATP. Главное к утру

Потапова не смогла пробиться во второй круг турнира WTA в Страсбурге

Moscow.media

Цифра дня: сколько диагнозов поставил ИИ-помощник для врачей от Сбера

Экс-мэра Биробиджана осудили на 5 лет за злоупотребление полномочиями. Условно

"Возрождение интереса к народному искусству и ремеслам в современном мире"

Сон











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Ситуация под Авдеевкой на сегодня. Карта боевых действий от 23 мая 2024 года, наступление ВС РФ продолжается

На дорогах Подмосковья зафиксировано более 763 тыс автомобилей утром 23 мая

Кадетам Росгвардии вручили премии и передали финансовую помощь

Россия примет контрмеры при отмене Японией статьи конституции об отказе от ВС