Добавить новость

Мособлдума приняла законопроект об участии в выборах старосты села без прописки

Жителям Подмосковья напомнили о правилах безопасной консервации

Число кластеров «Профессионалитета» в Подмосковье достигнет 17 в 2025 году

Горожан пригласили на выставку «Русская архитектура XVIII-XIX веков» в КЦ «Меридиан»



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Migratsiya ekspertlari: Rossiya "zapret"ga tushgan migrantlarga maxfiy amnistiya qo‘llamoqda

Migratsiya ekspertlari: Rossiya

Rossiyada faoliyat yuritayotgan yuristlar va huquq faollari mamlakatga kirishiga taqiq bo‘lgan  tojikistonlik va o‘zbekistonlik muhojirlar uchun norasmiy “amnistiya” qo‘llanganini aytishmoqda.

Bu xabar  Rossiya Ichki ishlar va migratsiya idoralari tomonidan izohlanmayotgan bo‘lsa-da, Ozodlik Rossiyaga “zapreti” yechilib, kirib borgan mehnat muhojirlari bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda rus hukumati 1 - sentabrdan boshlab Rossiyaga faqat maxsus ilova orqali kirishga ruxsat bermoqda.

Rossiya Migrantlar federatsiyasi: Amnistiya hammaga qo‘llanilmagan

Rossiyada faoliyat yuritayotgan qator migratsiya mutaxassislariga ko‘ra, Rossiyaga kirish man etilgan xorij vatandoshlarining ayrimlariga amnistiya qo‘llanmoqda.

Rossiya Migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov kirish taqiqi olib tashlanganlar qatorida Rossiyada yengil ma’muriy jazoga tortilganlar birinchilar qatorida ekanini xabar qildi.

- Rossiya 15 - iyundan 30 - sentybrgacha mamlakatda qolayotgan va o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra migratsiya qoidalarini buzgan muhojirlar uchun umumiy amnistiya e’lon qilgandi. Biroq ko‘pchilik “zapret” (“taqiq”) olganlarga ham amnistiya berilishini so‘rab kelayotgan edi. Chunki kirish man etilganlar orasida arzimagan huquqbuzarlik sodir etganlar - qaydga turish muddatini bir necha kunga kechiktirgani, yo‘l harakati qoidasini ikki marotaba buzib qo‘yganlar bor. Hozirda bu odamlarga nisbatan qisman amnistiya e’lon qilindi, - dedi Vadim Kojenov.

Federatsiya rahbari taqiq bekor qilinganlar qatoriga so‘zsiz og‘ir jinoyatlar sodir etganlar, katta jarimalarga tortilganlar, ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etganlar va ekstremizm-terrorizmda ayblanib badarg‘a qilinganlar kirmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Kojenov hozircha bu masalada biror rasmiy ogohlantirish yo‘qligi va o‘zining Ichki ishlar vazirligining Migratsiya departamentidagi manbalariga tayanib bu xabarni tarqatganini tan oldi. U hatto yengil ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan muhojirlarning hammasi ham amnistiya qilinmasligi mumkinligini aytdi.

Kirishi taqiqlanganlar amnistiyaga tushgani rostmi?

Bu haqdagi xabarlar  ortidan Ozodlik muxlislaridan RMF rahbari so‘zlarining qanchalik haqiqatga to‘g‘ri ekanini tekshirib berish so‘ralgan murojaatlar kela boshladi.

Ozodlikning savollariga javob bergan migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert, “Migrant.mobi” portali asoschisi Botirjon Shermuhammad joriy yil 18 - avgustdan beri O‘zbekiston, 8 - sentabrdan esa Tojikiston vatandoshlari uchun “zapretlar” Rossiya Ichki ishlar ma’lumotlar bazasidan olib tashlanayotganiga guvoh bo‘layotganini bildirdi.

Yuristning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda taqiq bekor qilinganlar qatoriga “Rossiya Federatsiyasiga kirish va chiqish tartibi to‘g‘risida”gi 114-FZ Qonunning

27 - moddasi

 

12 - bandi (Rossiyada ruxsat berilgan muddatni oshirib yuborgani uchun) (3 yilga),

 

13 - bandi (180 kundan ortiq registratsiyasiz yurgani uchun) (5 yilga),

 

14 - bandini (270 kundan ortiq registratsiyasiz yurgani uchun (10 yilga),

va 26 - moddasi

 

4 - bandi (oxirgi 3 yil davomida 2ta qonunbuzarlik sodir etgani uchun),

 

8 - bandini (30 kundan ortiq registratsiyasiz yurgani uchun)

buzganlar kiritilgan.

- “Zapret” juda yoqimsiz va Rossiyadagi ko‘pchilik muhojirlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan narsa. Har kuni 20-30 odamga tekshirganda taqiqlar bekor qilinganini ko‘ryapmiz. Bu yerda bitta muhim kuzatuv: kimga sud orqali “zapret” qo‘yilgan bo‘lsa, ularga yo‘l ochilgani yo‘q! Masalan, 26 - modda 4 - bandi bo‘yicha, ya’ni ikki marta yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun Rossiyadan chiqarib yuborilgan ko‘plab o‘zbekistonlik haydovchilarimizga kirishga ruxsat berildi. Hatto eng murakkab bo‘lgan va 10 yilga qo‘yilgan pp.14 bo‘yicha taqiqlar olib tashlanibdi. Hozircha bu negadir rasman e’lon qilinmayapti va taqiqlar bekor bo‘layotgani to‘g‘risida migratsiya boshqarmasi ochiq xabar bermayapti. Ammo biz suhbatlashgan politsiya ofitserlaridan biri taqiqlarning bekor qilinishini ishchi kuchiga bo‘lgan talabning yuqoriligi va “Mirziyoyevga O‘zbekiston mustaqilligiga sovg‘a” deb izohladi, - dedi Botirjon Shermuhammad.

Suhbatdosh Rossiyaga kirish man etilganlar ismi-shariflari Rossiya IIVning Internetdagi 2-3 oyda bir yangilanib turadigan bazasidan chiqmasligi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra,  ma’lumot bevosita Ichki ishlar vazirgigiga yuborilgan murojaatnoma yoki pulli xizmat evaziga maxsus migratsiya tashkilotlari tomonidan aniqlashtirilishi mumkin.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasida Ozodlik muxbirlari murojaatiga bu masalada biror izoh bera olmasliklarini aytib,  rasmiy xat bilan murojaat qilishni tavsiya etishdi. 

Muhojir ayol: Rossiyada ko‘proq pul topaman

Ozodlik Rossiyaga kirish man etilgan, ammo shu kunlarda tekshirtirganda “zapret” belgilangan muddatdan oldin bekor qilingani aniqlagan bir nechta o‘zbek muhojiri bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi.

Chustlik Muattar A’loxonova Rossiyaga kirishga ruxsat olgan omadli muhojirlardan biri.

- Men “zapret”ga shu yil tushganman. 7 - may kuni chiqib ketganman, borib to‘y qilib, qaytaman desam, Namangan aeroportidan qaytarishdi. Keyin “amnistiya, zapret ochilibdi” degan  gap chiqdi. Kechayu kunduz duo qilib o‘tirdim, chunki mening shtrafim katta emasdi. Tekshirtirsam - 18.08.2021 yilda ochilibdi! Menga “90/180 qoidasini” buzish qo‘yilgan edi – patentsiz 90 kundan ortiq yurgan edim. Kreditim katta bo‘lgani uchun Turkiyaga ketib ishlayotgan edim. Turkiyada ko‘p ishlay olmadim – menga ma’qul emas u yer. Rossiyada ko‘proq pul topaman, - dedi Muattar.

O‘zbekistonlik muhojir ayol uning tanishlari orasida Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilganlar juda ko‘pligini ham ma’lum qildi.

“Zapreti” yechilgan boshqa muhojirlar Ozodlik bilan suhbatda Rossiyada karantin cheklovlari tufayli ko‘plab sohalarda ishchi kuchi yetishmovchiligi sezilib qolgani va rus hukumati bu yetishmovchilikni mehnat migrantlari evaziga to‘ldirayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.

Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan yana bir o‘zbekistonlik muhojir oxirgi paytlarda Rossiyada sodir bo‘lgan migrantlarning ommaviy mushtlashuvlari va ular bilan bog‘lanayotgan og‘ir jinoyatlar mahalliy aholi orasida migrantofobiya kayfiyatini kuchaytirib yuborgani sezilmoqda, deydi.

- Rossiyada odamlar usiz ham migrantlarni xush ko‘ravermaydi. Agarda hukumat “Biz migrantlarga zapretlarni yechdik, ularni hammasiga kirishga ruxsat berdik!”, desa millatchilar yana bosh ko‘tarib qolishidan qo‘rqmoqda, menimcha, dedi suhbatdosh.

Kirishga taqiqlarning bekor qilinayotgani Rossiyada migrant ishchilar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi to‘g‘risida rasmiylar tomonidan ovoza qilinayotgan chaqiriqlar manzarasida kuzatilmoqda.

Ayni damda 1 - sentabrdan boshlab Rossiyaga faqat maxsus ilova orqali kirish tartibi joriy etildi.

Joriy yil 1 - sentabrdan Rossiya Federatsiyasiga kirish MDH mamlakatlarining barcha fuqarolari uchun faqat “SOVID-19-siz sayohat qil” (Puteshestvuy bez SOVID-19) ilovasi orqali kirish mumkin bo‘ladi.

Dastlab MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk 1 - iyuldan “SOVID-19-siz sayohat qil” ilovasi orqali kirish Yevrosiyo iqtisodiy kengashiga a’zo mamlakatlar uchun, joriy yilning 1 - sentabridan esa Rossiya ushbu tartibni MDH mamlakatlari uchun ham joriy etilishini bildirgan edi.

Rossiya Qurilish vazirligi qurilish maydonlarida ishlatish uchun mehnat migrantlarini charter poyezdlarida tashib kelish tartib-qoidalarini O‘zbekiston bilan muhokama qilishi aytilgandi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, pandemiyadan oldin har yili mamlakatda 9 milliondan 11 milliongacha chet el vatandoshi kelib ketgan. 2020 - yilda ular soni deyarli ikki baravar kamaydi va 6 millionni tashkil etdi.

2020 - yilda Rossiyadan 11, 2 mingdan ortiq chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Rossiyadan chiqarib yuborilgan. Bu 2019 - yilga nisbatan 3, 3 baravar kamdir: o‘sha yili sud ijrochilari sud qarori bilan Rossiyadan migratsiya qonunlarini buzgan 37, 2 mingdan ortiq chet ellikni badarg‘a qilgandi.

2021 - yilda Rossiya politsiyasi mamlakatdan deportatsiya qilingan yoki mamlakatga kirish taqiqlangan xorijliklar soni keskin kamayganini xabar qilgan edi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Из-за урагана в Москве по дворам летали металлические листы

Узбек домогался двух девочек недалеко от Святого озера, где собираются строить мечеть для мигрантов

Русский язык открывает доступ к знаниям, уверен Владимир Путин

Sohu: Россию хотят выгнать из Совбеза ООН — реакция Москвы удивила

Музыкальные новости

Муфтий Гайнутдин пожелал Путину помощи Аллаха для побед

Московский аэропорт Домодедово и Всероссийское общество инвалидов заключили соглашение о сотрудничестве

В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу

В рейтинге развития Тамбовская область за 2023 год опустилась на три места

Новости России

Экодуки для животных не построят на дорогах Нижегородской области

Русский язык открывает доступ к знаниям, уверен Владимир Путин

Раменские школьники стали победителями на всероссийском чемпионате по мехатронике

Из-за урагана в Москве по дворам летали металлические листы

Экология в России и мире

PREMIER проведет фестиваль «Лето PREMIER» по всей России

Gucci, коллекция menswear весна-лето 2025

Три спектакля о любви, которые можно посмотреть этим летом

Токсиколог Кутушов назвал признаки теплового удара и правила первой помощи

Спорт в России и мире

«Ну и где здесь «группа смерти?» ATP показала, каким был бы Евро-2024 с теннисистами

Самсонова выиграла турнир WTA в Хертогенбосхе

Саснович победила на старте квалификации турнира WTA-500 в Берлине

Теннисисты Рублев, Хачанов и Самсонова не сыграют на Олимпиаде-2024

Moscow.media

A4Tech расширяет ассортимент линейки Fstyler: механические клавиатуры FS100 Neon и FS300

«Байкал Сервис» снижает тарифы из городов Сибири

Мост в Нагатинском затоне готовят к установке пилонов

Как Россия уступила Азербайджану значительные территории Дагестана и два села











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В Вашингтоне ломают голову, что означает ось «Москва-Пхеньян» и удивлены скоростью разворота России на восток

В Зарайске состоялся второй этап общественных слушаний по созданию лесопаркового зеленого пояса

Из-за урагана в Москве по дворам летали металлические листы

Приговор экс-главе дознания ФТС Кизлыку вступил в силу