Мы в Telegram
Добавить новость

Путин назвал президента Раиси надежным партнером России

Чеченка Лия Заурбекова поделилась подробностями конфликта с семьей в полиции

Уголовное дело после стрельбы на юге Москвы возбудил Следственный комитет

Бумажные повестки на военные сборы в Москве выдали за новую волну мобилизации

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Mirziyoyev va boshqalar. O‘zLiDeP prezident nomzodini prezidentlikka ko‘rsatdi

Mirziyoyev va boshqalar. O‘zLiDeP prezident nomzodini prezidentlikka ko‘rsatdi

Payshanba kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan X qurultoyi, kutilganidek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi.

Mirziyoyev saylovoldi nutqida o‘zining birinchi muddatini sarhisob qildi va 24 - oktabrdan boshlanishi kutilayotgan ikkinchi muddati rejalarini e’lon qildi.

"Xalq bizga ishondi. Endi u bizdan yangi reja va dasturlarni kutmoqda", dedi prezident.

Mirziyoyevning ikkinchi muddat prezidentligi uchun e’lon qilgan saylovoldi dasturidagi masalalar besh yil oldingi muammolar bilan bir xil. Bular - elektr energiyasi, internet tezligi, aholi daromadlari, sog‘liq va ta’lim tizimini yaxshilash, atrof-muhit muhofazasi va h.k.

Ayni paytda tahlilchilar jamiyatda Mirziyoyev islohotlaridan kutishlar besh yil oldingidan pasaygani va o‘z o‘rnida prezidentning ikkinchi muddat uchun va’dalari ham bir qadar mo‘’tadillashganiga e’tibor qaratmoqda.

Jumladan, Mirziyoyev o‘z chiqishida "o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollar qilamiz" kabi oldingi va’dalaridan farqli "o‘qituvchilarni munosib ish haqi" bilan ta’minlash haqida gapirdi.

Uning "hokimlarni ham saylaymiz" degan besh yil oldingi va’dasi esa hokimlikka nomzodlarni mahalliy kengashlarda eng ko‘p o‘rinlarni olgan partiyalardan ko‘rsatish taklifiga o‘zgardi.

Prezident bergan barcha va’dalar muhlati - 2026 - yil. Shu yili Mirziyoyevning ikkinchi, Konstitutsiyaga muvofiq oxirgi muddati nihoyasiga yetadi. Ammo prezident e’lon qilgan ba’zi rejalar, masalan, jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 1,6 barobar oshirib, 4000 AQSh dollariga yetkazish rejasi bu muddat bilan cheklanmagan.

"Shunday qilib, 2030 - yilda biz aholi jon boshiga daromadni 4000 ming dollarga oshirib, o‘rtachadan yuqori daromadga ega davlatlar ro‘yxatiga kirish uchun fundament yaratamiz", dedi Mirziyoyev. Uning prezidentlik muddati 2026 - yil bilan cheklanadimi, yo‘qmi, hozircha noma’lum.

O‘zLiDeP qurultoyi arafasida O‘zbekiston parlamentining ikki yuqori martabali mulozimi amaldagi prezidentga "Millat Sardori" nomini berishni taklif qilgan edi.

Mustaqil siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikricha, prezident Mirziyoyev O‘zLiDeP qurultoyida qilgan nutqida “yirik tashabbuslar, g‘oyalar va dasturlarni ilgari surdi”.

Internet tezligiyu jurnalist va daraxt himoyasi

Siyosatshunos aytayotgan yirik tashabbuslar, g‘oyalar va dasturlar haqida mana bu sarlavhalar tasavvur beradi:

 

Kelgusi 5 yilda har bir xonadon yuqori tezlikdagi internetga ulanadi

 

200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga uzoq muddatli ijaraga beriladi

 

Hokimlikka nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi

 

Jurnalistlar hamisha prezident himoyasida bo‘ladi

 

Daraxt kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

 

Daromad, Afg‘oniston va elektr quvvati

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, o‘z nutqida “2030 - yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 4 ming dollardan oshirilishi"ni aytdi. Ayni paytda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad yiliga 1700 dollarni tashkil qiladi.

Prezident o‘z nutqida Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtalib, kelgusi besh yilda prezident sifatida chegaralar xavfsizligini yanada mustahkamlashga, janubiy qo‘shni xalqiga qo‘ldan kelgan barcha yordamni berishga ham va’da berdi.

Prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan prezidentning yana bir va’dasi elektr energetikasi bilan bog‘liq.

“Energiya resurslari bozori erkinlashtirilib, sohaga xususiy investitsiyalar keng jalb qilinadi. Natijada, 2026 - yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi yiliga qo‘shimcha 30 milliard kilovatt - soatga oshiriladi va jami 100 milliard kilovatt - soatga yetkaziladi”. (Qiyoslash uchun:1990-yillar boshida O‘zbekiston va Qozog‘iston deyarli bir xil hajmda elektr quvvati ishlab chiqargan. Mustaqillik yillarida Qozog‘iston elektr ishlab chiqarishni ikki barobarga oshirgan, O‘zbekiston esa, deyarli 30 yil oldingi hajm bilan qolib ketgan)

Optimist siyosatshunosning skepsisi

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari jamiyatni o‘zgartirishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.

Biroq uning fikricha, “ayni paytda jamiyat kutgan va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojiga jiddiy hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan boshqa tashabbuslar, loyihalar o‘zining navbatini kutib turibdi”.

Fikrini rivojlantirar ekan, siyosatshunos bunday dedi:

“O‘zbekistonda jamiyatning siyosiy faolligi borasida, deyarli yagona kanal – davlat, hukumat va uning ishonchi bo‘lib qolmoqda. Hozircha, jamiyat o‘zining erkin va mustaqil siyosiy tashabbuskorligi, huquqiy-siyosiy darajada rasmiylashtirilmasdan qolmoqda”.

Prezident Mirziyoyev 9 - sentabrdagi nutqida 5 yil avval va’da qilgan hokimlar saylovi masalasiga yana to‘xtaldi. U hokimlikka nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi, dedi. Kamoliddin Rabbimovning fikricha, bu tashabbusni qadrsizlashi mumkin bo‘lgan bir qancha nuqtalar mavjud:

“Tumanlar odatda siyosat bilan emas, xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi subyektlar hisoblanadi. Endi, bu tashabbus bilan, joriy hokimlarning O‘zLiDepga kirish holati kuchayishi mumkin. Chunki bu partiya, hozirda “hokimiyat partiyasi” ekanligi ma’lum. Qolaversa, joriy hokimlar, o‘z o‘rinlarini saqlab qolish uchun, saylov jarayonlariga o‘ta jiddiy shaklda aralashish ehtimoli ortadi. Bu tashabbusni to‘g‘ri o‘zanga burish uchun, partiyalarning xo‘jalik-iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish, ularga mahalliy ijroiya hokimiyati tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ta’sirlarni institutsional darajada oldini olish kerak bo‘ladi”.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O‘zbekiston qanchalik tez tuman va viloyat hokimlarini bevosita, kuchli raqobat asosida saylash tizimiga o‘tsa, shunchalik mintaqalar rivojiga ijobiy ta’sir qiladi, deb hisoblaydi.

Talabalar uchun 100 ming o‘rinli yotoqxona?

Prezident 9 - sentabr kungi nutqida olgan ta’lim sohasidagi islohotlar rejasini ham ochiqlab, xususan, talabalar uchun eng og‘riqli masala – yotoqxonalar qurishga va’da berdi. Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi.

Prezidentning bu rejasiga Jahon tillari universitetining 3 - kurs talabasi Javohir Omonulloyev Ozodlik bilan suhbatda bunday mana bunday munosabat bildirdi:

“100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonasi qurilishi aytildi. Bu meni ham xursand qildi, albatta. Ammo bu so‘zlar yangrar ekan, yotoqxona qaysi yerda, qancha muddatda qurilishi bilan bog‘liq savollar yana ochiq qoldi. Yotoqxonalar qurilgunga qadar talabalar qayerda yashaydi? Ya’ni o‘qish uchun talabalar shaharlarga qaytar ekan, ijara va taksi narxlari sezilarli ko‘tarildi. Hukumat narxlarni aytarli nazorat qila olmayapti yoki parvoyiga ham kelmayapti. Har bir nomzod rejalarida kelajakni nazarda tutar ekan, hozir bo‘lib turgan muammolarga javobi yo‘q, rejalari esa, mavhum”.

... yoqimli, umidsizlantirgan va istalmagan va’dalar

Shavkat Mirziyoyevning O‘zLiDep qurultoyidagi nutqi ijtimoiy tarmoqlarda ham tahlil qilinmoqda.

Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov o‘z Telegram-kanalida prezident nutqini sharhlar ekan, unda yangragan va’dalarni “harajatli, kutilgan, takrorlanayotgan, yoqimli, umidsizlantirgan va istalmagan”, deb tasnifladi.

Blogerning fikricha, prezidentning “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar qo‘yiladi”, degan bayonoti istalmagan bayonotlardan bo‘lsa, uni umidsizlantirgan bayonotlardan biri: “bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan 4 trillion so‘m mablag‘ni taqsimlash vakolati viloyatlarga beriladi”. Bu bayonot ortidan bloger “Milliardlarni o‘g‘irlayotganlarga endi trillionlarni ishonamizmi?” degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

Mirziyoyev va boshqalar

Prezident Mirziyoyevning nomzodini prezidentlikka ko‘rsatgan O‘zLiDep qurultoyi arafasida O‘zbekistondagi boshqa partiyalar o‘z nomzodlarini ko‘rsatib bo‘lgan.

8 - sentabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Bahrom Abduhalimovni, avgust oyida Ekologik partiya Narzulla Oblomurodovni, “Milliy tiklanish” partiyasi Alisher Qodirovni, Xalq-demokratik partiyasi esa Maqsuda Vorisovani prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan.

Mazkur partiyalarning hammasi iqtidordagi hukumat siyosatini dastaklovchi tashkilotlar o‘laroq ko‘riladi.

Muxolifatdagi partiyalarga esa bu safar ham saylovda qatnashish uchun imkon berilmagan.

O‘zbekistonda prezident saylovi 24 - oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Lipatov Sound заявил о выходе нового трека “Red City”

Сергей Собянин. Главное за день

Вирусолог Малинникова развеяла миф о легкой переносимости ОРВИ летом

Уголовное дело после стрельбы на юге Москвы возбудил Следственный комитет

Музыкальные новости

Азербайджанцев оправдали за убийство спортсмена Евгения Кушнира в Самарской области. Делом заинтересовался глава Следкома РФ А. Бастрыкин

Маркетологи рассказали, что влияет на популярность компании в 2ГИС

Cadillac насмерть сбил пенсионерку в центре Москвы

Минское «Динамо» одолело «Шахтер» на финише 9-го тура чемпионата Беларуси

Новости России

Путин назвал президента Раиси надежным партнером России

Очевидец рассказал, что участники перестрелки в Москве покинули место ЧП сами

Актриса Светлана Немоляева призналась, что впервые заболела ковидом

Сергей Собянин. Главное за день

Экология в России и мире

В РМАТ ПРОШЕЛ I БИЗНЕС-ФОРУМ ВЫПУСКНИКОВ РМАТ 1999-2023 ГОДА ВЫПУСКА, ПОСВЯЩЕННЫЙ 55-ЛЕТНЕМУ ЮБИЛЕЮ АКАДЕМИИ

Щитовидная железа - что это? Где находится? Какие заболевания вызывает?

Дорожные ирригаторы Revyline RL 660 New Black скоро появятся в представительстве бренда в Улан-Удэ

Осторожно ВПЧ! Доктор Кутушов рассказал от чего появляются папилломы на теле

Спорт в России и мире

Касаткина, Андреева и Кудерметова — в тройке лидеров в борьбе за звание лучшей теннисистки

Российский теннисист Медведев опустится на строчку в рейтинге ATP

Теннисиста Медведева выбили из топ-4 ATP

Рыбакина узнала свое место в новом мировом рейтинге

Moscow.media

Сон

Вологодские зарисовки

MONT расширил продуктовую линейку ИБ-решений при поддержке «Сайберпик»

На Невском заводе электрического транспорта наградили победителей фестиваля «Транспорт: будущее»











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Курс евро рухнул ниже 98 рублей на фоне укрепления рубля

Вирусолог Малинникова развеяла миф о легкой переносимости ОРВИ летом

Блинкен заявил, что народ Ирана выиграл от гибели президента Раиси

Уголовное дело после стрельбы на юге Москвы возбудил Следственный комитет