Мы в Telegram
Добавить новость

Эксперты ДИТ Москвы рассказали, как обезопасить себя от мошенников в сфере туризма

112: на Сокольнической линии произошел хлопок, началось задымление

Депутат Мособлдумы Владимир Барсуков провел прием жителей в Луховицах

Первый птенец появился у соколов-сапсанов с высотки МГУ



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Koronavirusning delta varianti Xitoy hukumati uchun boshog‘riq bo‘lmoqda

Koronavirusning delta varianti Xitoy hukumati uchun boshog‘riq bo‘lmoqda

“The Associated Press” agentligining xabar berishicha, Xitoy koronavirusning delta varianti tarqalishini cheklashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Virusning ushbu yuqumli shtammi Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya va boshqa mamlakatlar hukumatlarini karantin cheklovlarini qayta joriy qilishga majburladi.

Xitoyda hukmron Kommunistik partiya o‘tgan yili virus tarqalishini cheklash uchun ko‘rilgan keskin choralarni yana ishga soldi. Koronavirus ilk bor aniqlangan Uxan shahrida koronavirusning delta varianti tarqalar ekan, shaharga kirish taqiqlandi, uchoq va poyezd qatnovi bekor qilindi, shaharning ayrim hududlarda ommaviy testlash boshlandi.

Xitoy har bir virus yuqtirgan shaxsni izolyatsiya qilish hamda virus tashqaridan kirib kelishini cheklash orqali virus tarqalishi oldini olishga muvaffaq bo‘lib keladi. Ammo joriy qilingan keskin cheklovlar millionlab xitoylikni daromad manbasidan mahrum qildi. Shu sababdan tanqidchilar Xitoy hukumati iqtisodiyot va jamiyatni qayta-qayta yopish o‘rniga virusni boshqa yo‘l bilan boshqarishi kerakligini aytishmoqda.

Shanxaylik shifokor Chjan Venxong ijtimoiy tarmoqlarda Xitoyning strategiyasi o‘zgarishi mumkinligi haqida yozdi. Shifokor davom etayotgan epidemiyani xalq uchun sinov deb atadi.

“Dunyo bu virus bilan birga yashashni o‘rganishi kerak”, deb yozdi Chjan.

Shifokorning Xitoyda ommalashgan “Sina Weibo” platformasida 3 million obunachisi bor.

Keyingi yilning fevralida minglab sportchi, muxbir va boshqalar Pekinga Qishki Olimpiada o‘yinlariga boradi. Shuningdek, 2022 - yil oxirida hukmron partiya rahbariyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi kutilmoqda. Shuning uchun Xitoy rahbarlari mamlakat iqtisodiyoti mustahkam bo‘lishini xohlaydilar.

O‘tgan yili Xitoy o‘z iqtisodiyotining ko‘p qismini yopdi va 60 million nafar shahar aholisini deyarli butunlay izolyatsiya qildi. Ko‘plab hukumatlar Xitoyning ushbu strategiyasiga taqlid qildi. Cheklovlar Xitoyda so‘nggi 50 yilda kuzatilmagan iqtisodiy qisqarishga sabab bo‘ldi, ammo 2020 - yil mart oyida biznes va ichki sayohat qayta yo‘lga qo‘yildi.

Yangi infeksiyalar jahon moliyaviy bozorini larzaga keltirdi, chunki ular Pekin ko‘rayotgan keskin choralar ishlab chiqarish va ta’minot zanjirlarini izdan chiqarishidan xavotirda. Shanxay, Tokio va Honkongdagi asosiy fond indekslari seshanba kuni pastladi, lekin payshanba kuni yana ko‘tarila boshladi.

Yel jamoat salomatligi maktabining sog‘liqni saqlash bo‘yicha iqtisodchisi Shi Chen Xitoy emlashni jadallatish hamda virusni yuqtirganlarni tezda davolash orqali infeksiya tarqalishini cheklashi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat barcha vaksinalardan foydalanishi kerak, shu jumladan, Germaniyaning “BioNTech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinadan.

“Xitoyning barcha hududlarini yopib qo‘yganingizda ham, bari bir odamlar o‘lishi mumkin. Ochlik yoki ishsizlik tufayli yanada ko‘proq odam o‘lishi mumkin”, dedi u.

Ammo Pekinning o‘z taktikasidan voz kechish niyati yo‘q.

Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish byurosi xodimi shanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida kasallikni nazorat qilish “yanada tezroq va qat’iyroq bo‘lishi kerak”, dedi.

Sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra, Xitoyda virus 10 - iyul kuni Shanxay shimoli-g‘arbidagi Nankin shahrida Rossiyadan kelgan samolyotni tozalagan aeroport xodimlaridan tarqala boshlagan.

Ba’zi sayohatchilar Nankin orqali Xenan provinsiyasidagi Chjantszyatsze okrugiga uchib borgan, natijada shahar virus o‘chog‘iga aylangan. Oradan ko‘p o‘tmay, virus Pekinga va 10 dan ortiq viloyatdagi boshqa shaharlarga yetib borgan.

Seshanba kuni Chjantszyatsze hokimligi hech kimga shahar okrugini tark etishga ruxsat berilmasligini e’lon qildi.

O‘tgan yili koronavirus birinchi marta aniqlangan Uxanь va boshqa shaharlarda ham shunday chora ko‘rilgan edi.

Nankin va Yanchjou shaharlariga reyslar to‘xtatildi. Shuningdek, ushbu ikki shahar hamda yana 21 ta shahardan Pekinga poyezd qatnovi bekor qilindi. Szyansu provinsiyasida haydovchilarni tekshirish uchun avtomagistral nazorat punktlari tashkil etildi. Hukumat Pekin va janubiy Guanchjou provinsiyasidagi odamlarni iloji boricha sayohat qilmaslikka chaqirdi.

Yanchjoudagi repetitorlik markazi o‘quvchisi koronavirus yuqtirgani aniqlangan. Markazda tahsil olayotgan universitet talabasining so‘zlariga ko‘ra, shaharning ba’zi hududlari karantinga olingan.

Xaridorlar karantin joriy qilinishidan xavotir olib, odatdagidan ko‘proq savdo qila boshlagani uchun do‘konlarda tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelgan. Talaba hukumat xonadonlarga guruch tarqatayotganini aytdi.

“Sabzavotlar narxi oshdi. Bu men uchun hech narsa emas, ammo hayoti unchalik yaxshi bo‘lmagan va daromadi bo‘lmagan oilalar uchun bu katta muammo”, dedi u.

Iyul oyining o‘rtalaridan beri Xitoyda umumiy hisobda 1 142 ta virus yuqtirish holati kuzatilgan. Bu Hindiston yoki AQShda qayd etilgan o‘n minglab holatlarga nisbatan ancha ozdir. Ammo Xitoyda fevral oyining boshidan beri o‘lim qayd etilgani yo‘q va yangi epidemiya mamlakat rahbarlarini tashvishlantirmoqda.

“The Global Times” gazetasida virusining delta varianti mamlakat qo‘lga kiritgan g‘alabaga tahdid solayotgani e’tirof etildi.

Xitoyda bugunga qadar 93 mingga yaqin virus yuqtirish holati qayd etilgan. Virusga chalinganlarning 4 636 tasi o‘lgan.

Nankinda virus yuqtirganlarning ko‘pchiligi emlangan bo‘lgan va kamdan-kam hollarda ularda kasallik og‘ir kechgan. Bu haqda Shanxay janubi-sharqiy universiteti shifoxonasi bosh shifokori “The Paper” nashriga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu narsa “vaksina kishini himoya qilishini” ko‘rsatadi. Ammo Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar boshqa vaksinalarga qaraganda samarasizroq ekani haqida xavotirlar mavjud.

Rasmiylar Nankin aeroporti rahbarlari va mahalliy amaldorlarni xavfsizlik qoidalarini bajarmaganlikda va 10 kun davomida infeksiyani aniqlamaganlikda aybladi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, virusni Nankindan Yanchjouga olib borishda gumonlanayotgan 64 yoshli ayol seshanba kuni kasallik tarqalishi oldini olishga to‘sqinlik qilganlikda ayblanib, hibsga olingan.

Xabarlarga ko‘ra, Nankin aeroportining yangi xalqaro terminali xodimlari mahalliy parvozlar terminalidagi hamkasblari bilan ko‘rishib, suhbatlashgan. Rossiyadan kelgan reys yomon ob-havo tufayli Shanxaydan Nankinga yo‘naltirilgan bo‘lgan.

Shanxaydagi aeroportda xavfsizlik choralari kuchliroq ekani aytilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, 9,3 million aholiga ega Nankin ham yirik shahar bo‘lib, shahar kichik shaharlarga qaraganda ko‘proq resursga ega.

Iqtisodchi Chen Xitoy emlash darajasi yuqori bo‘lgan va sog‘liqni saqlash xizmati kuchliroq bo‘lgan hududlarda “virus mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yishni” o‘rganishi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hududlarda voyaga yetganlarning kamida 80 foizi emlangan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Июнь и июль 2024 будут просто сумасшедшими: синоптики предупредили, к чему готовиться

Александр Куренков оценил слаженность действий сил и средств РСЧС при ликвидации условных происшествий

Приметы и поверья на 2 июня 2024 года помогут спланировать работы на огороде и предсказать погоду

Путин вызвал Пашиняна на разговор. Терпению президента России пришёл конец?

Музыкальные новости

Концерт студии "Жерминаль"

В Подмосковье сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже товаров из магазина

Впервые Бурятский театр оперы и балета выступит с концертом в храме Кяхты

«Райский цветник» Бакиханова и азербайджанские фальсификации. ВИДЕО

Новости России

«Очень не хватает Насти»: Татьяна Навка попрощалась с Заворотнюк

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой

В Москве наградили лауреатов конкурса детского рисунка «Наследие моего района»

Путин вызвал Пашиняна на разговор. Терпению президента России пришёл конец?

Экология в России и мире

AlfaBiom выпустили на рынок России БАД с красным ферментированным рисом

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером

Елена Шерипова: самые модные головные уборы на лето

Пять морей и одно озеро: в России создадут новые круглогодичные курорты - стали известны подробности

Спорт в России и мире

Пресс-служба WTA мемом отреагировала на тяжёлую победу Свёнтек над Осакой

Вице-президент ФТР Селиваненко: у Рублева не пошла игра с Арнальди

Не ходите, дети, в теннис: как Андре Агасси и Штеффи Граф подарили детям право выбора

Арина Соболенко повторила уникальное достижение Азаренко на турнирах «Большого шлема»

Moscow.media

Лето в урочище Кокоря

Выгодно ли покупать квартиру в новостройке?

Денис Сафин перевел 100 миллионов рублей в фонд помощи пострадавшим от паводка

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Депутат Селиверстов вместе с волонтерами провел забег «Бежим ЗА» в районе Братеево

Главархив приглашает на онлайн-выставку о московском детстве XIX-XX веков

Иван Грачев: «Контракт с Узбекистаном увеличивает шансы России на захват мирового энергетического рынка»

Финансовые финансы