Мы в Telegram
Добавить новость

Идею вложиться в юань на фоне прекращения торгов с долларом и евро оценили

«Российская газета»: Глава комитета Госдумы Сергей Гаврилов назвал последствия ситуации на Мосбирже

УСЛУГИ: Аренда бензиновых генераторов опыт работы 15 лет!

Канчельскис: «Сафонову будет сложно бороться за место в стартовом составе «ПСЖ»

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

"Qashshoq aholi kredit olishga tushdi". Ikki bank muammoli qarzlar sabab tijoriy kredit berishni to‘xtatdi

O‘zbekistonda  ikki yirik davlat banki - “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani uchun tijoriy kreditlar berishni to‘xtatdi. Bu choralarni qo‘llagan banklar qaytgan mablag‘lar hisobidan kreditlar berishni qayta tiklashini va’da qildi.

Mutaxassislarga ko‘ra, banklar ishsiz va kambag‘al  aholining katta qismidan qarzlarni undirishga qiynalmoqda.

Moliyachilarning aytishicha, muammoli kreditlar miqdori davlatga qarashli bo‘lgan deyarli barcha banklarda ortgani kuzatilmoqda.

“Aholidan kreditlarni o‘z vaqtida to‘lab berishni so‘raymiz”

Joriy yilning 3 - avgust kuni aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”da muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani sababli tijorat kreditlarini berish vaqtincha to‘xtatildi.

Markaziy bank keltirayotgan raqamlarga ko‘ra, 1 - iyul holatiga Xalq banki portfelidagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 15 foizni, ya’ni 21,3 trln so‘mning 3,2 trln so‘mini tashkil etdi. Bu davlat banklari o‘rtasida «O‘zagroeksportbank»dan (62,6 foiz) keyingi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanib, iyun oyi boshida Xalq bankining muammoli kreditlari hajmi 6 foiz (20,9 rln so‘mdan 1,26 trln so‘mi) darajasida bo‘lgan.

Shu kuniyoq davlat banki sanalgan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki ham “Xalq banki” chiqargan xabarni so‘zma-so‘z takrorlovchi e’lon berdi. Bank muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani bois tijorat kreditlarini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi.

“Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar uchun imtiyozli kreditlarga cheklovlar yo‘q. Eslatib o‘tamiz, bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallar tomonidan ajratiladi”, deyiladi bank rasmiy Telegram-kanalidagi xabarda.

Tijorat kreditlarini to‘xtatgan banklar, vaziyat murakkabligiga qaramasdan, “yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan kreditlarni berish yo‘lga qo‘yilishi”ni aytmoqda.

“Mikrokreditbank” va “Xalq banki” ma’muriyati kredit olgan O‘zbekiston vatandoshlaridan imkon qadar kredit qarzdorliklarini o‘z vaqtida uzishni so‘rab, murojaat qildi.

 

Bundan oldinroq O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda muammoli kreditlar ulushi ortib borayotgan banklar soni keskin ko‘payganini xabar qilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ulushi 2021 - yilning 1 - may holatiga berilgan kreditlar umumiy hajmining 4,4 foizini tashkil etgan va bu raqam hozirgacha faqat o‘sishni ko‘rsatgan. Markaziy bank davlat bank tizimi 2020 - yilnining ayni davriga taqqoslaganda o‘rtacha hisobda 2,1 foizli muammoli kreditlar ulushi bilan tugatganini ochiqladi.

Muammoli kreditlar (Non-performing loan, ishlamay qolgan kreditlar-tahr.) deb 90 kundan ortiq talab qilingan va qoniqarsiz, shubhali va yomon deb tasniflangan kreditlarga aytiladi.

Bank xodimlari uyma-uy yuribdi

Yuzaga kelgan vaziyatda banklar rahbariyatlari berilgan kreditlarni qaytarish bo‘yicha ishlarni bank xodimlari zimmasiga yuklatilayotgani turli bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda.

29 - iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Universalbank” ATBning Qarshi shahar bank xizmatlari markazi xodimlari mahalliy fuqaro E.Sh. va uning sheriklari tomonidan kaltaklagani xabar qilindi.

2020 - yili “Universalbank”dan jami 350 million so‘m kredit olgan bu shaxs o‘z o‘rtoqlari bilan birga uch nafar bank xodimini urib, ularga tan jarohati yetkazgan.

4 - avgust kuni  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qarshi filialidan davolanib chiqqan Bahodir ismli kaltaklangan bank xodimi Ozodlikka  “bank xodimi bo‘lish xatarli bo‘lib qolgani"ni aytdi.

- Qarz undirishga borgandik o‘sha kuni. Vazifamiz – qarz to‘lovi to‘g‘risida ogohlantirish berish edi. 3 kishi edik – ular ikkita mashinada 5 kishi kelib birdan urib ketdi, so‘kib tahqirlashdi. Bosh miya chayqalishi, og‘izda tikilgan joylari bor, boshqa jarohatlarni yetkazishdi. Dehqon aka yuzidan qattiq jarohatlandi va miyasi chayqaldi. Laziz degan buxgalterimizning ichki organlari lat edi. Biz ikki kishi bolnisaga tushib qoldik. Kredit bilan shug‘ullanish har bir bank xodimining burchi, chunki usiz bank yashamaydi. Bunday holatga birinchi marotaba uchrayapman. Unga oldin ham ogohlantirish berganmiz. U yigit o‘tgan yiliyam qiynalib to‘lagan. “Bu yil to‘lolmayman”, deb kelayotgandi, - dedi suhbatdosh.

Mutaxassislar muammoli kreditlar ulushi davlatga qarashli bo‘lgan 13 bankning 10 tasida oshganiga e’tibor qaratmoqda.

“Xalqimiz kreditlarga “o‘tirib” qoldi”

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston banklaridan birining  kredit bo‘limi boshqaruvchisi respublika bo‘ylab kreditlash tizimida kelib chiqqan muammolarni koronavirus pandemiyasi, noto‘g‘ri kreditlash siyosati va ishsizlikka bilan bog‘ladi.

Ismi oshkor qilinmasligini so‘ragan bank boshqaruvchisining so‘zlariga ko‘ra, muammoli kreditlar O‘zbekistondagi hamma banklarda mavjud. 

- Kredit to‘lash qurbining pasayishiga pandemiya ortidan kelib chiqqan import-eksportning keskin kamayishi, tovarlar realizatsiyasi tushishi sabab bo‘ldi. Pandemiya boshlanganidan keyin qancha mehnat muhojirlari qaytib keldi, chegaralar yopildi - ishsizlik keskin oshdi. Narx-navo oshyapti, odamlarda to‘lov qurbi pasayib ketyapti. Yana bir sabab, bizda ayniqsa davlat bank tizimi hokimlarga bo‘ysunadi. Topshiriq bo‘ladi – berasan shunga, ovozi o‘chsin, deydi! Hokimiyatdagilarning uning kreditni qaytara olmasligi bilan ishi yo‘q. Fuqaro bankdan kredit ololmasa, hokimga arz qilib boryapti, hokim esa kredit bermagan bank xodimlarini, rahbarlarini ishdan bo‘shatib yuboryapti. Vaholanki, hatto qarorlarda ham “maqsadli ishlatilsin” deyilgan. Hokimiyat gapni eshitmaydi, banklar esa o‘tirib qolyapti. Davlat portaliga kredit so‘rab murojaat qilganlar juda ko‘payib ketgan, - deydi moliya eksperti.

Kredit bo‘limi xodimining aytishicha, davlat banklaridagi ahvol "bundan ham  beshbattar".

Suhbatdosh O‘zbekiston aholisida hali kredit olish-qaytarish madaniyati shakllanmagani, ko‘pchilik “bugungi kunni” o‘ylabgina qarzga botib ketishga tayyorligini aytadi:

- Xalqimiz kreditlarga “o‘tirib” qolgan, boqimanda bo‘lib qolgan. Bazaviy hisoblash miqdoridan 14 foizli 150 barobargacha kredit berish bemalol mumkin-da bizda! Qashshoqlashgan aholi kredit olishga tushdi. Maqsad u kreditni olib ishlatish emas – shaxsiy ehtiyojlarni qondirish! 80 foiz aholimiz shunga o‘rganib qolgan. Kreditni so‘rab borgan xodimlarni esa xalq urib tashlayapti. Xalqaro moliya institutlari tomonidan 7 yilga ajratilayotgan kreditlar aslida ikki marotaba aylantirib olinishi kerak. Odamlar issiqxona uchun, parrandachilik uchun, chorvachilik deydi, ammo uni uy qurishga, mashina olishga sarflab, qarzga botib ketyapti. Ilgari qishloq xo‘jaligi kreditlari muammo bo‘lsa, hozir jismoniy kreditlar muammo. Ammo muammolar katta biznes kreditlarda ham mavjud, so‘zsiz.

Bank mutaxassisining so‘zlariga ko‘ra, muammoli kreditlarni kamaytirish uchun O‘zbekistonda mustaqil bank tizimi yaratilishi va malakali bank boshqaruvi joriy etilishi, xalq orasida bank madaniyati oshirilishi va, eng asosiysi, yaxshi maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari ko‘paytirilishi kerak.

Ozodlik O‘zbekistondagi banklar aholiga berilgan kreditlarni qaytarish maqsadida o‘z xodimlarini mehnat qonunchiligiga zid tarzda ish soatlari me’yoridan oshirilgan holda va dam olish kunlarisiz ishlatayotgani to‘g‘risida oldin ham xabar bergan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 - may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida korxonalarning kredit qoplamaslik holati va oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha berilgan kreditlarni qaytarish muammo bo‘lib qolganini tan olib, yil yakuniga qadar ularni yuz foiz qaytarish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Тополиный пух, жара… метель: власти и девелоперы ищут способы обезопасить граждан от сезонной проблемы

Сколько пройдено шагов к Эвересту в образовании: ...

Вильфанд: в Москве на выходных ожидается опасный индекс ультрафиолета

Собянин рассказал, как электробусы помогают улучшать экологическую ситуацию

Музыкальные новости

Казаков, казачек и казачат Кубанского казачьего центра «Баско» наградили за активное участие в Кадетском движении России

В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду

LG HVAC ACADEMY: ГОТОВИМ ПРОФЕССИОНАЛОВ ДЛЯ РАСТУЩЕЙ ОТРАСЛИ

Новости России

Индия начнет поставки в Россию картофеля и гранатов

Рафик Загрутдинов: Жилой комплекс с подземной автостоянкой на улице Бутлерова построят в следующем году

Дома переменной этажности. В Коньково в 2025 году построят жилой комплекс

Министр здравоохранения Омской области покидает пост

Экология в России и мире

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"

Новый ирригатор Revyline RL 610 Green Dragon уже в продаже в Норильске

Гастроэнтеролог Садыков рассказал, как не допустить отравления бутилированной водой летом

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове

Спорт в России и мире

Елена Рыбакина «заменила» Геннадия Головкина

Медведев, Кафельников, Федерер, Маррей, Роддик, Агасси поздравили Синнера со статусом первой ракетки мира

Александрова вышла во второй круг турнира WTA в Хертогенбосе

Бьянка Андрееску: «Мне нравится, что на траве, поскольку она намного быстрее грунте, меньше времени на раздумья»

Moscow.media

Всегда на связи: проводная гарнитура Fstyler FH150U от A4Tech

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России

Завершено масштабное обновление трассы М-4 Дон в Ростовской области

Во Владивостоке злоумышленники украли из сейфа 30,5 млн рублей











Топ новостей на этот час

Rss.plus






«Солисты Москвы» выступили в московской больнице в преддверии Дня медицинского работника

Как якутяне в составе Группы советских войск в Германии обеспечивали безопасность СССР

УСЛУГИ: Аренда бензиновых генераторов опыт работы 15 лет!

Следовавший из Зырянки в Якутск самолет вернулся в аэропорт из-за неисправности