Мы в Telegram
Добавить новость

Экс-гендиректор "Ростова" Белоус: неизвестно, куда идут штрафы российских клубов

Депутат ГД Останина попросила главу МВД взять на контроль дело Лии Заурбековой

Digital Journal: внешность и харизма Путина впечатлили китайских женщин

Кристина Орбакайте призналась: “Как певицу меня ругали”

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Bryusselda boshlangan YeI sammitida Rossiya bilan aloqalar istiqboli hal bo‘ladi

Bryusselda boshlangan YeI sammitida Rossiya bilan aloqalar istiqboli hal bo‘ladi

24 - iyun kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlarining ikki kunlik sammiti boshlandi. Sammit davomida ittifoqning Rossiya bilan munosabatlari bo‘yicha yangi strategiyasi hamda Vengriyada maktab materiallarida LGBT mavzusini taqiqlash to‘g‘risida qabul qilingan qonun muhokama qilinadi.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari yangi strategiya doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan sammit o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadilar. O‘tgan hafta AQSh Prezidenti Jo Bayden Putin bilan yuzma-yuz uchrashgan edi.

Sammit oldidan Fransiya va Germaniya elchilari Rossiya bilan tobora yomonlashib borayotgan aloqalarni tiklashning bir yo‘li o‘laroq Putin bilan sammit o‘tkazish taklifini o‘rtaga tashladilar.

Ammo ba’zi YeI diplomatlari Rossiya rahbari bilan sammit o‘tkazishdan oldin munosabatlar yaxshi tomonga o‘zgarishi kerakligiga ishonadi. Qolaversa, bir necha Yevropa davlati, xususan Sharqiy Yevropa davlatlari Kreml bilan muzokara olib borishga oshiqmayapti.

YeI va Rossiya Ukraina va Belarusdan tortib, inson huquqlariga qadar bir nechta masala bo‘yicha bir-biriga zid qarashlarga ega. Shuningdek, ikki tomon bir-birini saylovlarga aralashishda, dezinformatsiya tarqatishda va Sharqiy Yevropada xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solishda ayblamoqda.

«Biz, Yevropa Ittifoqi sifatida, Rossiya va Rossiya prezidenti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lishga intilishimiz kerak», - dedi Germaniyaning iste’foga chiqayotgan kansleri Angela Merkel sammit oldidan Germaniya parlamentning quyi palatasi Bundestagda qilgan chiqishida.

«AQSh prezidenti Rossiya prezidenti bilan suhbatlashgani yetarli emas. Men bundan mamnunman, lekin YeI ham muloqot uchun forum yaratishi kerak».

2024 - yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ravishda ariza berishga hozirlanayotgan Ukraina Rossiya bilan qayta sammit boshlash taklifini keskin qoraladi.

Bryusselda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Josep Borrell bilan uchrashuv ortidan so‘zlagan Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bu taklifni tanqid qildi.

«Rossiya tomoni biror o‘zgarishga qo‘l urmasdan Rossiya bilan YeI sammitlarini qayta yo‘lga qo‘yish tashabbuslari Yevropa Ittifoqining sanksiyalar siyosatidan xatarli og‘ish bo‘ladi», - deb ogohlantirdi Kuleba.

Moskva 2014 - yilda Ukrainaning Qrim yarim orolini anneksiya qilib, Ukrainaning sharqiy qismida rossiyaparast ayirmachilarni dastaklay boshlagani uchun Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa mamlakatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy qilgan.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari joriy oyning boshida Yevropa Komissiyasi va Yevropa Ittifoqi diplomatik xizmati tomonidan hozirlangan strategik hujjatda keltirilgan maslahatlarga amal qilishga umid qilishmoqda.

Ozodlik 24 - iyun kuni strategiya bilan tanishib chiqdi. Unga ko‘ra, YeI «Rossiya bilan YeIning manfaatlari bo‘yicha muayyan masalalarda muzokara olib borishga hozir», ammo Rossiya o‘z fuqarolarining fundamental inson huquqlari himoya qilinishini ta’minlash uchun ko‘proq chora ko‘rishi kerak.

«Yevropa Kengashi Rossiyada asosiy erkinliklar cheklanayotgani va fuqarolik jamiyati uchun muhit torayib borayotganini qoralaydi», deyiladi hujjatda.

«Kengash odamlar bilan aloqalar zarurligi va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning fuqarolik jamiyati, inson huquqlari tashkilotlari va mustaqil ommaviy axborot vositalarini muntazam ravishda qo‘llashi zarurligini urg‘ulaydi».

Bugun boshlangan sammit davomida YeIning Belarusga qarshi yangi sanktsiyalari ham e’lon qilinishi mumkin.

23 - may kuni Belarus hukumati Afinadan Vilnyusga uchib ketayotgan Ryanair uchog‘ini Minskka majburan qo‘ndirib, uning ikki yo‘lovchisi — o‘tgan yilda tazyiqlar tufayli Belarusdan qochib ketgan bloger Roman Protasevich hamda uning qiz o‘rtog‘i, rossiyalik talaba Sofiya Sapegalarni hibsga oldi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi iqtisodiy sanksiya joriy qilinishini e’lon qildi.

Oy boshida o‘tkazilgan sammit xulosalarida blokning Belarusdagi barcha siyosiy mahbuslar va o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan shaxslar, shu jumladan, Protasevich va Sapega zudlik bilan ozod qilishga va «fuqarolik jamiyati va mustaqil ommaviy axborot vositalari repressiyasini to‘xtatishga» chorlovchi chaqiriqlari yana bir bor takrorlandi.

YeI «Belarus xalqining yangi, erkin va adolatli saylovlar orqali o‘z prezidentini saylashga bo‘lgan demokratik huquqini urg‘ulaydi», deyiladi sammit xulosalari kiritilgan hujjatda.

Bugun boshlangan sammitda Vengriyaning munozarali LGBT qonuni muhokama qilinishi kutilmoqda. Qonun 15 - iyunda qabul qilindi va tez orada kuchga kiradi.

Yangi qonunga binoan, 18 yoshga to‘lmaganlar orasida «gomoseksualizmni namoyish etish va targ‘ib qilish» taqiqlanadi. Ushbu taqiq hokimiyat tomonidan gomoseksualizm va jinsni o‘zgartirishni targ‘ib qiladi, deb topilgan ma’lumotlarga tatbiq qilinadi.

23 - iyun kuni Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyaen «qonun odamlarni jinsiy orientatsiyasi bo‘yicha ochiq-oydin diskriminatsiya qilishini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining ijro etuvchi organi Vengriyaga qashi chora ko‘rish masalasini ko‘rib chiqmoqda, chunki qonun blokning fundamental qadriyatlariga ziddir.

YeI davlatlarining yarmidan ko‘pi, shu jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya ushbu qonun yuzasidan «jiddiy xavotir» izhor qildi va Yevrokomissiyani qo‘shimcha chora ko‘rishga chorlovchi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Sammitda sovuq kutib olinishi mumkin bo‘lgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qonunni himoya qilib chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun bolalar huquqlarini himoya qiladi, ota-onalarning huquqlarini kafolatlaydi va 18 yoshdan oshganlarning jinsiy orientatsiya huquqlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

«Unda hech qanday kamsituvchi elementlar mavjud emas», deyiladi konservativ Orban 23 - iyun kuni e’lon qilgan bayonotda.

Sammit kun tartibiga, shuningdek, Turkiya masalasi ham kiritilgan. Yevropa Komissiyasi Suriyadagi fuqarolar urushi qochqinlarini qabul qilgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish doirasida kelgusi uch yil ichida Anqaraga 3,5 milliard yevro (4,2 milliard dollar) berish taklifini ilgari surmoqda.

Qo‘shimcha mablag‘ Turkiyani Gretsiya bilan bahsli masalalarni hal qilish va Kipr atrofidagi suvlarda gaz izlashni to‘xtatishga undash maqsadida ajratilayotgani aytilmoqda.

Oy boshida o‘tkazilgan sammit xulosalarida ta’kidlanishicha, YeI Turkiya bilan «bir qator umumiy manfaatlar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish uchun bosqichma-bosqich» aloqada bo‘lishga tayyor.

Bugun boshlangan sammitning birinchi kunida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh kotibi Antoniu Guterrish Yevropa Ittifoqi rahbalari bilan tushlik qilishi kutilmoqda.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Кирилло-Белозерский музей будет развивать культуру и туризм с коллегами из Китая

Кристина Орбакайте призналась: “Как певицу меня ругали”

Депутат ГД Останина попросила главу МВД взять на контроль дело Лии Заурбековой

"Осьминог" в новом правительстве России: О слабых и сильных местах говорят эксперты

Музыкальные новости

СЛД «Чита» филиала «Забайкальский» ООО «ЛокоТех-Сервис» пополнило экспозицию выставки «БАМ: наследие для будущего»

Следком России ищет приезжего из Азербайджана из-за его желания убивать в ЯНАО

На заводах АО "Желдорреммаш" внедряется автоматизированная система по рекламационно-претензионной работе “Астрея”

Каратисты завоевали бронзу на Всероссийских соревнованиях по каратэ «Кубок Танкограда»

Новости России

«Дачный сезон». Севастопольцы в числе тех, кто больше всего готовы заплатить за дачу

Digital Journal: внешность и харизма Путина впечатлили китайских женщин

Кристина Орбакайте призналась: “Как певицу меня ругали”

Как дешево обновить интерьер квартиры и создать уют в любом пространстве

Экология в России и мире

Кладезь полезных свойств: Кутушов рассказал о пользе шлемника байкальского

Страдания юного Аюша Булчун

Состоялась Байкальская театральная школа в Бурятии: Россия и Культура, Дети

Где провести бизнес-встречу в Ростове-на-Дону?

Спорт в России и мире

«Подача на победу на Уимблдоне». Гвардиола – о заключительном туре АПЛ

Теннисист Медведев может спуститься на пятое место в ATP после "Мастерса" в Риме

Диего Шварцман: «Два чилийца в полуфинале в Риме. Шесть латиноамериканцев в топ-30. А ATP в следующем году уберет один из турниров в Южной Америке»

Соболенко вышла в полуфинал турнира WTA в Риме

Moscow.media

Седая весна...

Вендор технологических решений DатаРу перешел на сервис кадрового ЭДО от HRlink

15 мая в системе Следственного комитета Российской Федерации отмечается 157-я годовщина со Дня образования военных следственных органов

Разделение изотопа











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Как дешево обновить интерьер квартиры и создать уют в любом пространстве

Агент Малкома: у меня нет информации о приезде бразильца в Москву

Депутат ГД Останина попросила главу МВД взять на контроль дело Лии Заурбековой

СК: в Новой Москве 16-летний подросток в ходе конфликта зарезал домработницу