Мы в Telegram
Добавить новость

Парад Победы в Москве – 2024

«Гордость за Россию!» Пассажиры метро Москвы смотрели парад в прямом эфире

Самое холодное 9 мая: синоптик предупредила о морозе и ветре в Москве

АРМЕНИЯ. Песков рассказал о проблемах в российско-армянских отношениях

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Jahongir Otajonov xonadonidagi qurultoyda qatnashgan faollar so‘roq qilinmoqda

Muxolifatdagi “Erk” partiyasining o‘tgan oy sobiq xonanda Jahongir Otajonovning Toshkentdagi uyida o‘tkazilgan qurultoyi qatnashchilari 15 - iyun kuni yoppasiga so‘roqqa chaqirtirilgan.

Erk” faoli Abdusalom Ergashevning Ozodlikka aytishicha, Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tergovchi unga Jahongir Otajonov uyidagi “to‘polon” bo‘yicha guvoh sifatida chaqirtirilganini aytib, asosan muxolif partiya faoliyati yuzasidan so‘roqqa tutgan.

“Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasidan xat keluvdi, guvoh sifatida chaqirilgansiz, dedi. ”Jahongir Otajonovning uyiga to‘polonchilar kirib kelgani bo‘yicha chaqirtirgan bo‘lsangiz savollarni ko‘pi boshqa tarafga ketib qolyaptiku”, dedim. Shunda tergovchi yana “Muhammad Solih bilan qachondan beri tanishsiz?” dedi. “Otajonovning nomzodini qo‘yish tashabbusi kimdan chiqqan?” deb takror-takror so‘radi. Qaysi erkchilarni taniysiz? deydi. “Hammasini taniyman, lekin nomini aytmayman”, dedim. Umuman bosqinchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan savollarni beryapti, ularning muddaosini tushunmadim”, - deydi Abdusalom Ergashev.

26 - may kuni bir necha faol ishtirokida o‘tgan favqulodda qurultoy O‘zbekistonda kelayotgan prezident saylovlarida “Erk” partiyasidan Jahongir Otajonov nomzodini tasdiqlagandi. Ozodlik qurultoy chog‘ida Otajonov va faollar xonadonga bostirib kirgan bir guruh ayollar va erkaklarning hujumiga uchragani haqida xabar bergan edi.

Hodisa ortidan Jahongir Otajonov Toshkent shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, 26 - may kuni uning xonadoniga “bosqinchilik” uyushtirgan shaxslarni topib, jazolashni so‘ragan.

“Nega janjalkash ayollar qolib, bizni so‘roq qilishyapti?”

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, 26 - may kungi “Erk” qurultoyi qatnashchilari bilan birga uni yoritish uchun borgan blogerlar ham so‘roqqa chaqirtirilgan.

“Borganlardan qurultoyda kimlar qatnashdi?”, “Kimlar sizlar bilan aloqada?” deb so‘rayapti. Mening bilishimcha, qandaydir ish ochilgan Otajonovning ukasi A. Otajonov arizasi bo‘yicha, o‘sha kungi bosqinchilik yuzasidan. Yaxshi tomoni, o‘sha ayollarning spiskasi bor ekan bularda. Lekin nega janjal ko‘tarib, birovni uyiga bostirib kirgan o‘sha ayollar qolib, bizni so‘roq qilishyapti, hayronman”, - deydi Abdusalom Ergashev.

13 - iyun kuni Jahongir Otajonovning o‘zi ham Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirtirilib, to‘rt soat so‘raq qilingani haqida Instagram kanalida ma’lum qilgandi.

“Uyimga kelib, GUVDga chaqirib, to‘rt soat tilxat olishdi. Tilxatni olib bo‘lib, bilmayman tergovchimi, meni yonimga kelib, uyalmasdan “kechirim so‘rasangiz kechirvorishadi”, deydi. Men nima uchun uzr so‘rashim kerak?. Jinoyatchimanmi? Meni uyimga 20ta odam kelib, bosqinchilik qildi. 146-modda bilan har biri 20 yildan qamalishi kerak edi. Agar sizlar haqiqatda davlatga xizmat qiladigan IIV, DXX bo‘lsangizlar qilinglar, qilmayapsizlar-ku. Chunki hammasini o‘zlaring jo‘natyapsizlar”, - degan Otajonov.

 

Jahongir Otajonovning Toshkentdagi uylari “hibs qilindi”

Jahongir Otajonov o‘z bayonotida, shuningdek, 12 - mayda Turkiyadan O‘zbekistonga qaytganidan keyin doimiy kuzatuvda ekani, telefonlari tinglanishi va Toshkentdagi ko‘chmas mulki muzlatib qo‘yilganini ham aytadi.

“Siyosiy faoliyat uchunmi sabab? Nima uchun sabab? Kelganimdan beri tinch qo‘ymadinglar. Insof bormi sizlarda?. Nima yomonlik qildik? Taxt talashyapmizmi? O‘zinglar ko‘rsatgan Konstitutsiyadagi haq-huquqlarimiz borligi uchun harakat qilyapmiz. Men kelganimdan beri tinch qo‘ymadinglar. Aeroportdan tushishim bilan karantinga soldinglar… Olmazor tumani MIB uy joylarimni zapret qilib qo‘ygan sotolmaydigan qilib. Nimaga asoslanib?”, - deydi Jahongir Otajonov.

Jahongir Otajonov 26 - may kungi hujum “uyushgan guruh” tomonidan amalga oshirilganini aytadi. U Toshkent shahar prokuraturasidan bezorilik faktlari yuzasidan chora ko‘rishni so‘ragan.

Otajonovga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan barcha xolatlar uyi xavfsizlik kamerasiga yozib olingan.

“Erk” partiyasiga munosabat o‘zgargani yo‘q”

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligidan Jahongir Otajonovning bu ikki idoraga qilgan murojaatlari hamda “Erk” partiyasi faollarining so‘roq qilinishi yuzasidan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

“Erk” partiyasining Turkiyada yashayotgan rahbari Muhammad Solih O‘zbekistonda o‘z partiyadoshlariga ta’qiblarni qoralarkan, hukumatning “Erk” partiyasiga munosabati o‘zgarmaganini aytdadi.

“20 kishilik to‘dani ushlab, ulardan javob berishni talab qilish o‘rniga majlisda qatnashganlarni so‘roqqa tutyapti. Bu bilan Mirziyoyev hukumati Karimov rejimidan farqi yo‘qligini ko‘rsatib turibdi”, - deydi Muhammad Solih.

O‘zbekiston saylov qonunchiligiga muvofiq, prezidentlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari suriladi.

Otajonov va boshqa faollarning O‘zbekiston ichkarisida muxolif partiya tuzishga urinishlari qarshilikka uchradi.

Shu oy boshida Otajonov yangi partiya tuzish fikridan voz kechgani va O‘zbekistondagi ilk muxolifat partiyasi bo‘lgan “Erk” faoliyatini qayta tiklashga bel bog‘laganini aytgan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘tgan yil yanvarida "Erk" demokratik partiyasi faollarining partiya faoliyatiga izn berishni so‘rab qilgan murojaatini rad etgan edi. 2020 - yil 10 - yanvarida "Erk" partiyasi faollaridan bir guruhini qabul qilgan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, ularning Ozodlikka aytishicha, "bu partiya tarixda qoldi" deya uqtirishga uringan.

"Erk"chilar fikricha, partiya nizomi 1991 - yilning sentabrida rasman qayd etilgan va u bekor qilingan emas.

2019 - yil dekabridagi parlament saylovlarini kuzatgan YeXHT missiyasi O‘zbekistondagi nisbatan erkinlashgan matbuot siyosiy muxolifatning o‘rnini bosa olmaganini aytgan edi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rasmiylari kelayotgan prezident saylovlarida xalqaro tashkilotlarning "maqbul" tavsiyalari tadbiq etilishini aytishgan, ammo bu tavsiyalarga muxolifat partiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kiradimi, yo‘qmi, ma’lum emas.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 - yilning 27 - dekabrida xorijdagi siyosiy muxolifatni mamlakatga qaytarish chaqiriqlarini rad etgan edi.

U muxolifat “ichkaridan chiqishi kerak”ligini aytgan, ammo o‘tgan vaqt mobaynida Adliya vazirligi bironta ham yangi siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazgani yo‘q.

O‘zbekistonda Karimov davrida qaror topgan siyosiy an’anaga muvofiq, parlamentdagi hukumatparast besh partiya rahbarlari saylovlarda amaldagi prezidentga raqib bo‘ladi.

Qonunga binoan, saylovoldi kampaniyasi saylovlar sanasidan kamida 3 oy oldin boshlanishi kerak. Hozirga qadar na prezident Mirziyoyev va na siyosiy partiyalar o‘z nomzodini ilgari surgani yo‘q.

Mamlakat ichkarisi va tashqarisida shu yil oktabridagi saylovlarda Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi muddatga qayta saylanishiga ko‘pchilik shubha qilmaydi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Парад Победы в Москве – 2024

АРМЕНИЯ. Песков рассказал о проблемах в российско-армянских отношениях

Песков: Путин и Пашинян согласовали вывод сил России из ряда областей Армении

Осенний сюрприз для дедушки Джо

Музыкальные новости

Заместитель Росгвардии генерал-полковник Алексей Воробьев поприветствовал участников патриотического конкурса в центре спорта и образования "Самбо-70"

Шойгу: салют дадут в Москве, городах-героях и в местах штабов военных округов

К.ВАЛИЕВА, 23 КИТАЙЦА, WADA помогают раскрыть сеть секретных преступных отделов. Дело Скрипалей можно дополнить с пользой.

Игорь Маковский: оперативный Штаб «Россети Центр» осуществляет усиленный контроль за работой электросетевого комплекса 

Новости России

Песков: Путин и Пашинян согласовали вывод сил России из ряда областей Армении

АРМЕНИЯ. Песков рассказал о проблемах в российско-армянских отношениях

Осенний сюрприз для дедушки Джо

Фотовыставка о героях Великой Отечественной войны открылась на автовокзалах «Северные ворота» и «Южные ворота»

Экология в России и мире

Эксперт "Рексофт" о технологических помощниках в логистике, ритейле и маркетплейсах

Владимир Брилёв: «Концерт, посвященный Великой Победе, стал доброй традицией для творческого объединения «Хрустальное соZVездие».

Travel-эксперт Тариел Гажиенко: на длинные выходные — по киношным местам

История любви символов театра – в постановке Юрия Грымова

Спорт в России и мире

Российский теннисист поднялся на две позиции в топ-10 рейтинга ATP

WTA огорчила Елену Рыбакину после турнира в Мадриде

Паула Бадос и Стефанос Циципас расстались | Виды спорта

Саснович пробилась во второй раунд турнира WTA-1000 в Риме

Moscow.media

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70

Одна из целей неофашистского Азербайджана - уничтожение Христианства

Певец Сергей АРУТЮНОВ и солистка группы Демо - встречаются, или просто выпустили совместный хит “Солнышко”? Разлад АРУТЮНОВА и Маши Малиновской?

Анна Данилова дала старт Всероссийской акции "Синий платочек Победы" 2024 на станции метро Курская











Топ новостей на этот час

Rss.plus






ГЛАВНЫЙ УЗБЕК РОССИИ АРЕСТОВАН. В КАКИХ ПРЕСТУПЛЕНИЯХ ОБВИНЯЮТ ЛИДЕРА ДИАСПОРЫ?

Брянск присоединился к акции «Огонь памяти»

Песков: Путин и Пашинян согласовали вывод сил России из ряда областей Армении

Фотовыставка о героях Великой Отечественной войны открылась на автовокзалах «Северные ворота» и «Южные ворота»